O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Platon-ning (m.o. 
427-347 y.)
iqtisodiy qarashlari uchun ham xarakterli bo’lgan. Bu uning 
«Davlat»
va 
«Qonunlar»
asarlarida o’z aksini topgan. Birinchisida 
ideal davlat tuzumi loyihasi shakllan-tirilgan bo’lsa, ikkinchisida real 
haqiqatga ancha yaqin davlat tasvirlangan. Platon «Davlat» asarida ideal 
ijtimoiy tuzum nazariyasini yaratib, iqtisodiy ta’limotlar tarixiga katta 
hissa qo’shdi. Ideal “davlat”da yashovchi kishilar uch toifaga ajratib 
ko’rsatiladi: 
1.
Faylasuflar. 
2.
Harbiylar. 
3.
Oddiy toifa – er egalari, hunarmandlar, savdogarlar. 
Bunda ijtimoiy manfaatlarni himoya qilishda oqsuyak-larning 
(faylasuflarning) roliga yuqori baho beriladi, negaki ular boshqa bir toifa 
– harbiylar (armiya) bilan birga, davlatning boshqaruv apparatini tashkil 
etgach, olimning fikriga ko’ra, butun jamiyatni boshqaradi. Bunda 
faylasuflar ham, harbiylar ham xech qanday mulkga egalik qilmaydilar 
(davlat manfaatlari yo’lida chalg’ib ketmaslik uchun); ularning moddiy 
ta’minotini tekischilik tamoyili asosida davlat o’z zimmasiga oladi. 
Barcha xo’jalik ishlari, shu jumladan, mulkka egalik qilish, uni tasarruf 
etish ideal davlatdagi uchinchi toifa hisoblangan–er egalari, savdo-garlar 
va hunarmandlar zimmasiga yuklanadi. Qullar – erkin fuqarolar mulki, 
va shuning uchun «Davlat» muallifi tomonidan ular hech bir toifaga 
kiritilmadi.
«Qonunlar» asarida Platon boshqa bir loyihani tavsiya etadi va unda 
davlat ta’minotida bo’lgan, ya’ni yuqori toifali «fuqaro-larning» moddiy 
ta’minoti to’g’risidagi oldin ilgari surilgan g’oya-lar rivojlantirilgan. Bu 
erda faylasuf tenglik tamoyilida ja-miyat tuzilishining ayrim ijtimoiy-
iqtisodiy unsurlarning tav-sifini boshqalardan oldin ko’ra bilgan. Xususan, 
barcha fuqarolar, Platon fikricha, ideal davlatda (qur’a bo’yicha) uy-joy, 
13


er olish-lari mumkin. Buning ustiga er faqat unga egalik qilish va undan 
foydalanish huquqi bilan (ya’ni to’la bo’lmagan mulk huquqi) berilgan 
bo’lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining bi-riga aynan shu 
shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo’l-gan. Fuqarolar 
umumiy mulkining qimmati to’rt martadan ko’p farq qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o’xshashlik mavjud: davlat-ni 
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada) 
oltin va kumushga ega bo’lishlari va sudxo’rlik bilan shug’ullanishlari 
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o’xshab, deh-qonchilikni 
iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi, hunar-mandchilik va 
savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo’lmagan mashg’u-lotlar turiga 
kiritdi. 
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo’lib 
bahoning asosi va darajasi to’g’risidagi savolni o’rtaga tashladi. Uning 
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartib-ga solinib turilishi 
kerak, bundan tashqari, asos sifatida shun-day baho olinishi kerakki, u 
o’rtacha foyda olishni ta’minlasin. 
 Aristotelning 
iqtisodiy 
qarashlari.
Antik dunyodagi iqti-sodiy 
fikrlarning yirik namoyandalaridan biri 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin