Aristotel (m. o. 384-322 y.)
hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik
munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafak-kiri boshqa
zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib
borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy sa-vollar bo’yicha fikr
yuritgan asosiy asarlari
«Nikomaxova eti-kasi»
va
«Siyosat»
hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Pla-tonga o’xshab, ideal davlat
loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan
iboratki, unda xo’jalik va ki-shilar faoliyatining barcha turlari (mayli u:
erkin fuqarolar bajaradigan boshqaruv-nazorat funktsiyasi bo’lsin, yoki
er egalari, chorvador, hunarmandlar, savdogarlar bo’lsin) har bir toifa
yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topishi nuqtai nazardan
tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehti-yojlarni
qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib,
ekonomika
va
xrematistika
tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi.
Ekonomika
, Aristotel tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo,
dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo
bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi
– insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning
uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak.
Xrematistika
– bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish
14
mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik orttirish
maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va
pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli
ravishda, xrematistika zarur hisoblanmay-di va tabiat qonunlariga zid
deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiq-qan holda, Aristotelning xitob
qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematisti-kaga
bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda
bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi
doirasida quldorik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining
eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalash-tirdi». Masalan,
Aristotel fikri bo’yicha «haqiqatdan ham nar-salar shu qadar turli-
tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra
xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat
go’yoki pul tufayli amalga oshi-rilishi «kundalik hayotda» ancha qulay.
Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda
emas, balki odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni
(pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi «kam-
chiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin.
Bu erda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda
asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot
sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi
bir joyda – aksincha, ayir-boshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va
tovarning alma-shuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi
deyishga asos bo’la oladi.
Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari
evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoq-lama tahlil qilib,
o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda
ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash
va pul vositasi orqali tovar ayir-boshlash kabi savdoning dastlabki
shakllarini u ekonomika soha-siga kiritadi, savdo kapitalining harakatini,
ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni
ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash,
Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat
o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika soha-
siga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatili-shini esa
xrematistika sohasiga kiritadi.
15
|