O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Artxashastra»
asari hisoblanadi (m.o. IV asr oxiri). Uni podsho 
Chandraguptianing maslaxatchisi 
Kautilya 
yozgan deb taxmin qilinadi.
Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo’lib, «artxa» so’zi – foyda, 
moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar ma’nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to’g’risida ko’rsat-
malar berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbar-lari 
faoliyatiga bag’ishlangan, uchinchi va to’rtinchisida sud va 
jinoyatchilarni jazolash savollari ko’rib chiqilgan, so’ngra tashqi siyosat 
usullari to’g’risida, maxfiy xizmat to’g’risida, armiyani tashkil qilish va 
shu kabilar to’g’risida so’z yuritiladi. 
«Artxashastra»ning 
eng 
boshidayoq podsho to’rtta «ilmni» bilishi 
zarurligi to’g’risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida
ko’riladi. Mamlakatda qishloq xo’jaligi, eng avvalo dehqonchilik asosiy 
soha hisoblangan. «Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi 
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u erlarga o’rnashtirish ishlarini 
amalga oshirishi kerak. Yangi ko’chib kelganlarga er soliq to’lash sharti 
bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand mehna-ti va 
savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun davlatning 
9


siyosati erni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. 
«Davlatning 
kuchi, – deyiladi asarda, – odamlardan tashkil topgan. Odam 
yashamaydigan er esa, naslsiz sigirga o’xshaydi – undan na sut sog’ib 
olib bo’ladi»

«Artxashastra»da 
davlatning manfaatini ko’zlagan holda, 
xo’jalikni yaxshi tashkil qilishga alohida e’tibor beriladi. Kim o’z erini 
ishlatmasa yoki yomon ishlasa, uning erini tortib olish va yaxshi 
ishlaydigan xo’jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini 
ko’rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini 
bartaraf etish uchun, davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan 
tovar zaxirasi bo’lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini 
ta’minlashga erishiladi. 
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda 
tutilgan. 
«Sug’orish sistemalarini qurish,
– deyiladi unda, – 
hosilning 
manbai hisoblanadi...» 
Sug’orish sistemasiga etkazilgan har qanday 
zarar uchun og’ir jazo, hatto o’limga mahkum etish tavsiya etiladi. 
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini echishga katta 
ahamiyat beriladi. Davlatning daromadlari davlat xo’jalik-lari 
foydasidan, har turli soliq va boj to’lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa 
ishlariga mablag’ ajratib kelgan. Davlat xo’jaligi va soliq tizimi bilan 
bog’liq bo’lgan moliya idoralari-ning to’g’ri ishlashi uchun, 
«Artxashastra»da aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat’iy hisob-
kitob xujjatlari olib bori-lishi zarur. Podsho xazinani o’g’irlovchi
amaldorlarni bartaraf etishi kerak. Ammo bu erdagi o’g’irlikni aniqlash 
juda qiyin bo’lgan. «Artxashastra» xazina mulkini o’g’irlashning 40 xil 
usulini ko’rsatib beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko’ra, 
osmondagi qushning yo’lini aniqlash osonligini qayd qilib o’tadi. 
«Suvda suzib yurgan baliq, o’sha suvdan ichayaptimi, yo’qmi bilib 
bo’lmaganidek, ishga biriktirilgan amaldor mulkni o’zlashtirayaptimi, 
yo’qmi aniqlab bo’lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste’mol 
qilishning har xil usul-larini o’rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-
tez o’zgartirib turish tavsiya etiladi. 
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra», podshoni ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat 
byudjeti aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko’paytirish va 
xarajatlarni kamaytirishga» da’vat etadi. Qadim-gi Hindistonning bu 
atoqli asari nafaqat ijtimoiy rivoj-lanishning ancha yuqori darajasini, 
10


balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko’rsatib berdi. 
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
. Qadimgi Xitoy mutafak-kirlari 
ichida 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin