2 – mavzu. O’rta asr davridagi iqtisodiy ta’limotlar
R E J A:
1. O’rta asr davridagi iqtisodiy qarashlarning o’ziga xosligi. Arab
mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar.
2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy qarashlar:
a)
Forobiy;
b) Ibn Sino;
v) Yusuf Xos Hojib;
g) Amir Temur;
d)
Navoiy.
3. G’arbiy Evropadagi iqtisodiy g’oyalar.
1. O’rta asr davridagi iqtisodiy qarashlarning o’ziga xosligi
Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar
O’rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni
ancha to’g’ri aks ettirgan iqtisodiy g’oya va nazariyalar shakllandi va
rivojlandi. Ular o’sha davrdagi ijtimoiy, iqti-sodiy rivojlanishidan kelib
chiqqan holda o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan
biri, eng avvalo, iqtisodiy g’oya va nazariyalarda diniy qarashlarning
ustunligidir. O’sha davrda xo’jalik hayotidagi diniy-axloqiy me’yorlar,
ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik
ta-moyillarning o’rnatilishiga to’sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g’oya,
nazariyalarning din “pardasiga o’rab” berilishiga sabab bo’lgan.
O’rta asr natural xo’jalik turi yoki feodalizm Sharqdagi bir qator
mamlakatlarda III – VIII va Evropadagi mamlakatlarda V – XI asrlarda
o’rnatildi. Ushbu davrning boshidayoq siyosiy hokimiyat va iqtisodiy
qudrat oqsuyaklar va cherkov xodimlarining qo’lida bo’lgan, ular goh
ochiq, goh yashirin tarzda tovarli iqtisodiyot ko’lamining va
sudxo’rlikning kengayish moyilligini qoralagan.
Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi,
ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitini to’g’ri aks ettiruvchi iqtisodiy
qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan
bevosita bog’liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar islom
dinining muqaddas kitobi –
Dostları ilə paylaş: