mamlakatlarga chiqib ketadi-lar».
2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta
Sharq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va
madaniyatining yana ham rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’rta Osiyo
X-XIV asrlarda Sharqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir
markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan
Forobiy, Ibn
Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Navoiy
va boshqa ko’plab olim
va shoirlar, davlat arboblari etishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy
fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz.
Forobiy
A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari.
O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy
fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning
izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan
«ikkin-chi muallim» Abu Nasr
Forobiy (870-950)
hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini
oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim
borligini eshitishi bilan, suh-batlashib undan saboq olish uchun yo’lga
chiqqan. U 70dan ko’p tilni bilgan.
Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta
o’qirdi. Aristotelning
Dostları ilə paylaş: