O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


«Kitob-ul-ibar» («Ibratli misol-lar kitobi»-1370 y.)



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Kitob-ul-ibar» («Ibratli misol-lar kitobi»-1370 y.) 
Ibn Xoldun ijtimoiy rivojlanishning umumiy qonuniyat-larini 
ko’rsatib berishga harakat qildi. Uning fikricha, tarixiy jarayon asosini 
kishilik jamiyatining rivojlanishi tashkil eta-di. Dastlab odamlar yovvoyi 
holatda bo’lgan. Keyinchalik kishilik jamiyati tabiat dunyosidan ajralib 
chiqqach, o’z rivojlanishida ikki bosqichni bosib o’tadi: 
«primitiv»
va 
«tsivilizatsiya»
. Ularning biri ikkinchisidan «odamlar yashash 
vositalarini qanday topa olishi» bilan ajralib turadi. Birinchi bosqichda 
odamlar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan 
bo’lsalar, ikkinchi bosqichda, olimning fikricha, ularga 
hunarmandchilik, savdo, ilm va san’at qo’shiladi. Iqtisodiyotning barcha 
tarmoq-larining muvaffaqiyatli rivojlanishi xalq boyligini bir necha bor 
ko’paytirish, har bir kishining mo’l-ko’llikka erishish imko-nini beradi. 
21


Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imko-niyatini beruvchi 
tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va 
mulkiy tenglik kelib chiqqanini, jamiyat-ning tabaqalarga bo’linishi 
zarurligi tugaganini bildirmaydi. 
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hayotiy zarur 
buyumlar va zeb-ziynat buyumlari bilan yoki uning atamasi bo’yicha 
«zarur»
va 
«zarur bo’lmagan»
buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo, 
shahar aholisining zichligiga bog’liq. Shahar aholisi-ning zichligi uning 
rivojlangan yoki rivojlanmaganligining ramziy belgisi hisoblangan. 
Shuning uchun agar shahar rivoj-langan bo’lsa, unda «zarur» va «zarur 
bo’lmagan» buyumlar etarli bo’ladi; bunda: birinchisining bahosi 
(dehqonchilikda shaharlik-lar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib 
boradi, ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin 
o’sishi sababli) bahosi oshib boradi. Aksincha, shahar aholisining 
kamligi nati-jasida uning rivojlanmay qolishi barcha moddiy 
boyliklarning etishmasligini va qimmatchilikni keltirib chiqaradi. Shu 
bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa, har 
qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi 
bo’ladi. U: “Bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyat-larini 
ta’riflab, soliqlar va har xil yig’imlar tovar qiymati-ning oshishiga olib 
keluvchi omil hisoblanadi”, – deb ko’rsatib berdi. Ibn Xoldun bozorning 
rag’batlantiruvchi ahamiyatini bil-gan: bozor mexanizmi ishlab 
chiqaruvchilarni mehnat unumdor-ligini oshirishga va mahsulot sifatini 
yaxshilashga majbur etadi. 
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hayotining muhim unsuri deb hisobladi 
va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va 
kumush bajarishini ma’qulladi. Uning fikricha, pul «barcha sotib 
olinadigan» buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks 
ettiradi. U 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin