Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153-121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning er mulkini cheklash va agrar
masalalarni echish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda. qonun
qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik
fuqarolarga davlatning haydaladigan eridan 500 yuger (125 gektar)gacha
ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari, bir oila 1000 yugerdan
ziyod erga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha erlar davlat
ixtiyorida bo’lgan va erga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha
ko’p bo’lmagan soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib berilgan.
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va
natijada o’n minglab dehqonlar er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy
Grakx ataylab o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx
davom ettirdi. Dehqonlarga er berish qaytadan bosh-landi hamda
shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish
to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon er
egaligi mavqeini kuchaytirish va aholi kambag’allashuvining oldini
olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay
Grakx o’limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni er bilan
ta’minlash to’g’risidagi qonunni bekor qila olmadilar.
Mark Tulliy Tsitseron (m.o.106-43 y.) taniqli davlat arbobi va
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markaz-lashgan bo’lib,
savdo-sotiq rivojlandi, sudxo’rlik boylik manbai-ga aylandi. Qadimgi
Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda, Tsitseron yirik savdoni
qo’llab-quvvatlab, mayda savdoga esa e’tibor qaratmadi. Tsitseronning
sudxo’rlikka bo’lgan munosa-bati ziddiyatli bo’lgan. Bir joyda
sudxo’rlikni ma’qullasa, ikkin-chi bir joyda uni qoralaydi. Tsitseronning
savdo va sudxo’rlikka bo’lgan qarashlarida Qadimgi Rim
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini
topgan.
Tsitseron xususiy mulkchilik, yirik er egaligi va mustam-lakalarda
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Dehqon-chilikni ancha
samarali ish turi deb hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda
17