Qo’shin a’zolarining maoshi to’g’risida aniq ma’lumotlar keltirilgan.
Masalan, oddiy sipoh o’zi mingan ot bahosiga teng miqdorida maosh
olishi, bahodirlar ikki ot bahosidan to’rt ot bahosigacha maosh olishi,
o’nboshi o’z qaramog’idagi askarga nisbatan ikki barobar ko’p,
yuzboshi o’nboshidan ikki marta ortiq maosh olishi tayinlangan.
«Tuzuklarda» A.Temur davrida soliq va jarimalarni yig’ish va xarj
(sarf) qilishga alohida e’tibor berishgan.
«Xirojni yig’ish vaqtida, – deb
uqtiriladi «Temur tuzuklari»da, – ikki vazir tayinlansin. Biri to’plangan
molni yozib, raiyat ahvolini tekshirib tursin, boj oluvchilar fuqaroga
zulm qilib, ularning ahvoliga xaroblik etkazmasinlar. Viloyatlarda
yig’ilgan barcha mol-ashyoni kirim daftariga yozishlari lozim. Ikkinchi
vazir esa, chiqim daftariga yozib, yig’ilgan mollardan sipoh maoshiga
taqsim qilsinlar»
. Demak, ko’rinib turibdiki, hisob-kitob ishlari to’g’ri
yo’lga qo’yilishi talab etilgan. Xiroj, odatda, sug’oriladigan erlarda jami
hosilning uchdan biri (33 foiz), lalmikor erlarda to’rtdan biriga (25 foiz)
teng bo’lgan miqdorda to’plangan. Bu raqamlar uning hozirgi davrdagi
daromad solig’i atrofida bo’l-ganligini ko’rsatib turibdi.
A.Temur o’qimishli, olim odamlarning mehnatiga yuqori baho
bergan.
«... Sayidlar, olimlar va fozillarga dargohim doim ochiq edi, -
deyiladi «Tuzuklar»da, - chunki bu insonlar mamlakat rivo-jida
ustundirlar». A.Temur Shom (hozirgi Suriya)
yurtini qo’lga olganda,
(1401 y.) taniqli olim
Dostları ilə paylaş: