Tomas Man (1571-1641)
asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z
davrining yirik savdogar, Ost-Indiya kompaniya-sining direktorlaridan
biri bo’lgan. Kompaniyani chetga moneta chiqargani uchun tanqid
qiluvchilardan uning manfaatini ximoya qilish maqsadida
T.Man 1621
yilda «Angliyaning Ost-Indiya bilan bo’lgan savdosi to’g’risida
mulohaza»
kitobini chop etdi. Monetaristlar kontseptsiyasiga savdo
balansi nazariyasini qarshi qo’ydi.
T.Man 1630 yilda «Angliyaning
tashqi savdodagi boyligi yoki boylikni tartiblash sifatidagi tashqi
savdo balansi»
asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy
tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo
41
harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz
tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilib o’tadi.
T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat
tashqi savdo
hisoblanadi, bunday boylikka
«har yili xorijliklardan xarid qilgan
summadan ko’ra, ularga ko’proq sotish»
yo’li bilan erishila-di. U chetga
faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq
kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’-mol qilishdan o’zini
tiyishni tavsiya etadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik
Jon Lo
(1671-1729 y.)
hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek,
qog’oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asos-chilardan biri
hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo’l-sada, faqat ikkita asar
yozgan. Birinchisi
“Pul va savdo”
1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi
“Regentstvo davri moliya tarixi”
uning o’limidan sal oldin yozib
tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi
turdagi aktsionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital
to’plash, aholining barcha qatlamlari o’rtasida aktsiyalarni tarqatish
bo’yicha uning kontseptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning
ancha rivojlangan davlatlarning xo’jalik tajribasida keng qo’llani-
lishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan.
J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsif-lash
mumkin:
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, bankno-talarni
chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-qo’lligini ta’minlashga
harakat qildi;
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo’lishini,
hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning
yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi;
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha
ko’payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi;
4) davlat qo’shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi
muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish yo’li bilan, ishlab chiqarish
miqdoriga ancha katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risida gapirib
o’tdi;
5) aktsionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo’li bilan kapital
markazlashuvi va birlashuvi g’oyasiga ta’sir ko’rsatdi.
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm kontseptsiyasi eng
avvalo, protektsionistik tadbirlardan foydalanishga va iqti-sodiy hodisa
va jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuvi-ga tayanadi. Bunday
42
qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu
jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |