O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

4. Fiziokratlar 
 
Fiziokratlar
(lat. – tabiat, hukmronlik) – bu 
XVIII
asrdagi frantsuz 
iqtisodchilari, klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi 
Frantsiyada feodalizmdan kapitalizmga o’tish davrida vujudga keldi. Bu 
tasodifiy hol emas edi. O’sha davrda Frantsiyada manufaktura ancha 
rivojlangan bo’lsa-da, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. 
Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi 
shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xo’jaligi ahvolini yaxshilash 
tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qish-loq 
xo’jaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisob-ladilar. 
Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi, sanoat va 
savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsim-lanadi, xolos. Shunga 
ko’ra fiziokratlar tadqiqotni muomala soha-sidan ishlab chiqarish 
sohasiga olib o’tdilar va bu bilan kapi-talistik tizimning keyingi tahlili 
uchun asos yaratdilar.
Fransua Kene (1694-1774)
- fiziokratlar maktabining asos-chisi 
hisoblanadi. F.Kene har tomonlama bilimli olim bo’lib, Versal yaqinida 
kambag’al dehqon oilasida dunyoga keldi. U yoshligidan tibbiyotga 
qiziqdi va bu sohada ta’lim oldi. Keyin-chalik tibbiyot amaliyoti unga 
shuhrat keltirdi. 1752 yilda Qirol Lyudovik 
XV
saroyida tabiblik qildi. 
Tibbiyot va biologiyaga oid ko’pgina asarlar yaratdi. F.Kene iqtisodiyot 
muammolari bilan oltmish yoshidan boshlab bevosita shug’ullana 
52


boshladi.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, F.Kenening iqtisodiy g’oya-lari 
qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. U umrining oxiri-gacha o’sha 
erda yashadi va ijod qildi. F.Kenening 
«Fermerlar», «Don», «Aholi», 
«Soliqlar»
nomli dastlabki iqtisodiy maqola-lari Didro va D.Alamber 
tomonidan chop etilgan «Qomus» da e’lon qilindi. 1758 yilda uning 
asosiy asari 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin