xo’ja-ligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene:
«Dehqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik
kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi»,
deb hukumatni
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki
savdogar va hunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat
bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi.
Shuning uchun savdo va sanoat
«unumsiz»
hisoblanadi. U erdagi
tovarning o’sgan qiymati faqat-gina savdo va sanoat xarajatlarini
qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda
ko’paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning sanoatning
«unumsizligi»
to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham
boylik yaratilishini ko’rsatib beradi.
F.Kene
merkantilistlarning
“boylik savdoda yaratiladi” de-gan
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovar-larning
ayirboshlanishi ekvivalentli bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o’sishi
sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik hisoblagan, unga
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning
boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarishining rivojla-nishiga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: