tabiiy roli to’g’ri-sidagi kontseptsiyasidan keskin farq qiladi.
P.Buagilber merkantilizmni ko’p jihatdan to’g’ri tanqid qilish bilan
birga, pulning iqtisodiyotdagi ahamiyatini mensi-magan holda,
mamlakatning iqtisodiy o’sishida qishloq xo’jaligi ahamiyatini
mutlaqlashtirdi
, boylikni ko’paytirishdagi sanoat va savdoning
ahamiyatini inkor etdi. Klassik iqtisodiy nazariya vakillari ichida u pulni
bekor kilish mumkin va zarur deb hisoblagan yagona iqtisodchi
hisoblanadi, uningcha pul tovar-larning «haqiqiy qiymatlari» bo’yicha
ayirboshlanishini buzadi.
Birinchi Frantsuz klassigining fikri bo’yicha, iqtisodiyot-dagi
asosiy soha savdo emas, balki ishlab chiqarish, eng avvalo, qishloq
xo’jaligi hisoblanadi. P.Buagilber o’z asarlarida iq-tisodiyotning
«tabiiy» qonunlari to’g’risida qayd qilib o’tadi. Davlat yuqori soliqlarni
joriy etish yoki protektsionizm siyosa-tini qo’llash bilan ularga halaqit
bermasligini tavsiya etadi.
Dostları ilə paylaş: