2. A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari
a) boylikni ko’paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul,
kapital
A.Smit o’z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning
farovonligini oshirishni markaziy o’ringa qo’yadi. Asar-ning boshida
64
A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu – “har bir xalqning yillik
mehnati” deb ko’rsatib o’tadi. Demak, boylikning manbai – mehnat.
A.Smit .bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsi-moti boylikni yaratishda
asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat
taqsimoti asosida uning unumdorligi osha-di. Muallif bu tezisni
to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi miso-li yordamida asoslab
beradi. Ustaxonada o’n kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat
taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to’g’rilaydi, uchinchisi
kesadi, to’rtinchisi uchini o’tkirlaydi va h. Bir kunda bu o’n kishi 48000
to’g’nog’ich, ya’ni har bir kishi 4800 donadan to’g’nog’ich ishlab
chiqaradi. Agar ular bir – birlariga bog’liq bo’lmagan holda
ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko’p to’g’nog’ich
tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat
unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan.
A.Smitning fikri bo’yicha, mehnat taqsimoti milliy mahsu-lot
yaratish jarayonida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning
juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tu-fayli mehnat jarayonini
amalga oshirishda kishilarning chaqqon-ligi ortadi; ular vaqtni
tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o’tishga hojat
bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini tako-millashtirish, ixtiro qilish uchun
katta imkoniyatlarga ega bo’la-dilar. Taraqqiyot va jamiyat
farovonligining haqiqiy manbai «ta-biat in’omi» emas (fiziokratlar
hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga,
ixtisoslashuvni chuqur-lashtirish imkoniyatlari cheklangan bo’ladi,
negaki birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid
qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat bo’lmaydi,
ikkinchidan, korxonalarning ko’lami qancha kichik bo’lsa, mehnat
taqsimoti uchun imkoniyatlar shuncha kam bo’ladi (foydalanayotgan
kapital miq-doriga qarab).
Ushbu nazariyadan, milliy boylikning ko’payishi jamiyatdagi
ayrim sinflar faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda – sav-dogarlar,
fiziokratlarda – er egalari), balki
mehnat taqsi-motida qatnashayotgan
barcha kishilar faoliyatining natija-sidir
, degan xulosa kelib chiqadi.
Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli
mehnatdir. Ammo bu masala bo’yicha A.Smitda izchillik bo’lmagan.
Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan
bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnat hisoblangan. O’qituvchilar,
huquqshunoslar, harbiy-lar, ma’muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning
mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda
65
qishloq xo’ja-ligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U,
hunar-mandlar va savdogarlar mehnatini er egalari mehnatiga nisbatan
kam unumli bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki er egalariga tabiat
«yordam» beradi va «dehqonchilikka qo’yilgan kapital haqiqiy boylikka
va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda A.Smit-ning
ta’kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari
bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi
esa o’sish moyilligiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq
xo’jaligiga qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi.
Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana
boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo
bo’lganligini hisobga oladigan bo’lsak, A.Smitning bu xatosini
tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat kontseptsiyasida
izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarayoni-dagi kapital mavqeini
etarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid’atlari
jamiyat o’z resurslarini, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligiga, ikkinchi
navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga yo’naltirishi
kerakligini tas-diqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat
to’nta-rilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab
chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko’ra olmagan, degan xulosa
kelib chiqadi.
A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning o’rniga alohida urg’u berib
o’tadi. Uning tasdiqlashicha,
qimmatli metallarning, pul-ning
maxsus ahamiyati to’g’risidagi merkantilistlarning fikri noto’g’ri. Agar
pulni jamg’arish asosiy maqsad bo’lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi,
bu esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo’lgan
mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini
ko’paytirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o’sishi,
manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini
ko’rsatib beradi. U kapital deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini,
ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish-ning moddiy omillarini
tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib
ko’rsatadi. Muomalada bo’ladigan kapital aylanma kapital, muomalada
amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo’yicha,
asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning
o’sishi – millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat taq-simoti
va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko’p
bo’lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha
66
ko’p bo’ladi. Buning ustiga, kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda
boylikni ko’paytirishning yagona vositasi bo’lishi mumkin. Shuning
uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Uning yozishicha, «har
bir isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam
– jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir».
Dostları ilə paylaş: |