O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

4. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti 
 
Evropadagi 
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQShda 
butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning mar-jinalizm 
bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oya-larining va 
kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo’lib 
keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va 
ijodiy davom ettirgan 
Jan Batist Sey (1767-1832)
hisoblanadi.
U 1767 yil, 5 yanvarda Lionda savdogar oilasida tug’ildi. Oilaviy 
tadbirkorlik an’analarni davom ettirish uchun zarur bo’lgan bilimni olish 
bilan birga, J.B.Sey o’z bilimini mustaqil oshirish, ayniqsa, siyosiy 
iqtisodni o’rganish bilan shug’ullandi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, 
u A.Smitning “Odamlar boyligi . . .” asariga asosiy e’tibor qaratgan. 
Undagi g’oyalarni ommaviy-lashtirish, uning fikricha, Frantsiya 
manfaatlariga ham, shuning-dek, barcha insoniyat manfaatlariga ham 
xizmat qiladi. 
J.B.Sey hayotda har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U 
savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat 
qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. 
Ammo uning hayotidagi asosiy ishi – iq-tisodiy bilim sohasidagi 
tadqiqotidir. U o’zining 
«Siyosiy iqtisod traktati» (1803)
asarida 
A.Smit kontseptsiyasini tizim-lashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun 
tushunarli qilib berishga harakat qildi. Unda J.B.Sey sanoatning 
yuksalishiga va xalq boyligini ko’paytirishga to’sqinlik qiluvchi “man 
78


etuvchi tizim”ga qarshi chiqdi. «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm 
to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik 
hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga 
oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya 
hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi.
Napoleon “Traktat” bilan tanishib chiqqach, uning muallifi-ni 
suhbatga chaqirgan va unga o’z asarini tubdan qayta ishlashni taklif 
qilgan. J.B.Sey bu taklifni rad etdi va siyosiy “sahnadan” ketishga 
majbur bo’ldi. 
Ammo tinib–tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish 
fabrikasini ochdi. Keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga
«Traktat»ni ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 
1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta 1817, 
1819 va 1826 yillarda qayta nashr etildi. Bu asar tez orada juda ko’p 
tillarga tarjima qilindi. 
Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan 
o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi
nomini oqladi. U ruhlanib, siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida
ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy 
nazariya qoidalarini tizimlashtirish va omma-viylashtirish mahoratini 
namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy 
fanga aylandi. U iqti-sodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va 
statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. 
«Sey qonuni».
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin 
shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin 
raqobati va protektsionizmning har qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik 
tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu 
tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab 
chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham 
bo’lmaydi, ya’ni iqti-sodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib 
chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni 
yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra, 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin