qiymatning qolgan qismi tadbirkorning daromadi ko’rinishida uning
foydasini tashkil etadi. A.Smit foydani tadbirkorlik tavakkalchiligi
uchun, ishchiga yashash vositalarini avanslagani
uchun tadbirkorga
to’lanadigan haq deb hisobladi, undan keyinchalik tadbirkorlik
daromadining adolatli ekanli-gini isbotlashda keng foydalanildi. Foyda
miqdori, A.Smit bo’yicha, “kapital qiymati
bilan aniqlanadi va
foydaning ko’p yoki kam bo’lishi ushbu kapital miqdoriga bog’liq
bo’ladi”. Foyda me’yorining pasayish moyilligi qayd qilib o’tiladi,
bunday moyillik iqtisodiy rivojlanish bilan bog’lab tushuntiriladi, negaki
ancha rivojlangan mamlakatlarda foyda me’yori hamisha past bo’ladi.
Renta nazariyasi.
A.Smit nazariyasiga ko’ra, renta ishchining haq
to’lanmagan
mehnati bilan yaratiladi, uning mehnati mahsulot-ning bir
qismi hisoblanadi. U rentada erga bo’lgan xususiy mulk-chilik
monopoliyasi unsurlarini ko’rgan, lekin absolyut va dif-ferentsial renta
tushunchalari ajratib ko’rsatib bermagan.
Er uchastkalari ham
unumdorligi, ham joylashishi bo’yicha farq qilishi, bu farqlarning
ikkalasi ham turli tavsif va miqdordagi rentaning shakllanishiga sabab
bo’lishi mumkinligi qayd qilib o’tilgan.
Dostları ilə paylaş: