“Siyosiy iqtisod va soliq
solishning boshlanishi” (1817 y.)
asaridagi mohirona mulohazalar,
ilmiylik tamoyillari D.Rikardoni bugungi kunda ham hurmatga sazovor
o’ziga xos olim sifatida ko’rsatib turadi.
Quyida biz D.Rikardoning nazariy qarashlarini ko’rib chiqa-miz.
Qiymat nazariyasi.
D.Rikardo, eng avvalo, qiymat nazariyasiga
alohida e’tibor qaratdi. Bu kategoriyani talqin qilishdagi noaniqlikni
tugatish, D.Rikardo bo’yicha, siyosiy iqtisod uchun muhim ahamiyatga
ega. Bu muammoni ko’rib chiqishda u A.Smit xulosalariga asoslandi va
ularni tanqidiy rivojlantirishga harakat qildi. D.Rikardo A.Smitning
mazkur kategoriyaga bo’lgan ikki xil qarashini inkor etadi va qiymat
tovar ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlanishi kerakligini
yozadi. U, qiymat birlamchi, shu bois daromadlar bilan aniqlanishi
mumkin emas, deb hisoblaydi. Bu bilan D.Rikardo o’zini
qiymatning
meh-nat nazariyasi tarafdori
ekanligini namoyish etadi.
Qiymatni bunday sarfli tamoyil asosida tadqiq qilish, klassik
iqtisodiy maktabining boshqa vakillariga ham xos. Lekin D.Rikardoda
e’tiborga molik jihat shundaki, u ayrim hollarda tovar qiymati nafaqat
unga sarflangan jonli mehnat bilan, balki kapital va xom ashyoni ishlab
chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan ham aniqlanishini
qayd qilib o’tadi. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati
esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi.
Umuman olganda, D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan
qiymatning mehnat nazariyasi sarfli tamoyillarga asoslangan. Uning bu
nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus
hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymat-ning mehnat
nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday
bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar
baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekviva-lentli ayirboshlash tamoyili
74
buziladi (foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar
ayirboshlanadi) - bu klassik iqtisodiy nazariyaning va D.Rikardoning
asosiy tamo-yili. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi
real ama-liyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymat-
ning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarf-lanadigan
tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak.
Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda me’yori deyarli bir xil.
Demak, D.Rikardo nazariyasi xato, tovar qiymati faqat mehnat bilan
emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham
aniqlanadi, deb xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval,
o’zining qiymat faqat mehnat sarf-lari bilan o’lchanadi deb
tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan.
Renta
nazariyasi.
D.Rikardoning renta to’g’risidagi kontsep-tsiyasi
bugungi kunda ham o’z faolligi bilan ajralib turadi.
Erdan
foydalanilganlik uchun hamisha renta to’lanadi,
bunda uning manbai,
D.Rikardoning tasdiqlashicha, erga sarflangan mehnat hisoblanadi.
Er
resurslari
cheklanganligi sababli, xo’jalik amaliyotida
unumdorligi va joylashishi bo’yicha har xil bo’lgan er uchastka-laridan
foydalaniladi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining
qiymati, D.Rikardo bo’yicha, eng yomon uchastkada ishlatiladigan
mehnat sarflari bilan aniqlanadi.
Faraz qilaylik, unumdorligi yaxshi muayyan er uchastkasida
ishlashga 10 soat ketadi va bozorda mahsulot bahosi 10 pul birligiga
teng. Aholining o’sishi oziq-ovqat tovarlari bahosi-ning oshishiga olib
keladi. Bu esa ishlab chiqaruvchilarni yomon erlarda ham ishlashga
majbur qiladi. Bu erlardan ko’rsatilgan miqdordagi hosilni olish uchun
10 soat emas, balki 15 soat ish vaqti ketadi. Shunga muvofiq,
mahsulotning bahosi ham 15 pul birligiga oshadi. Bozor bahosi bu
summadan kam bo’lmasligi kerak, aks holda, yomon er uchastkalari
ishlatilmasdan qolib ketadi. Yaxshi uchastkada ishlovchi fermerlar
ishlab chiqarish uchun 10 pul bir-ligiga teng mehnat sarflaydilar, o’z
mahsulotlarini esa 15 pul birlikka sotadilar. o’rtadagi 5 birlik farq er
egasiga tegadi. Ana shu, D.Rikardo nazariyasi bo’yicha, renta
hisoblanadi. Renta qiymat yaratmaydi. Aksincha, renta miqdori bozor
bahosi darajasiga bog’liq bo’ladi. «Renta to’langani uchun non qimmat
emas, balki non qimmat bo’lgani uchun renta to’lanadi... Agar hatto, er
egalari barcha rentalardan voz kechganlarida ham nonning bahosi hech
kamaymagan bo’lar edi», - deb yozadi D.Rikardo. Rentani tashkil
75
etuvchi omillarni ham ishonarli qilib ko’rsatib berdi. Bunday omillar:
tuproq unumdorligining har xilligi va er uchastka-sining bozorga uzoq
yaqin joylashishi hisoblanadi.
Aholi soni oshib borishi bilan milliy daromadda renta hissasining
ko’payib borish moyilligi amal qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari
narxining oshib borishi va milliy daromadda renta miqdorining ko’payib
borish moyilligi D.Rikardoni juda tashvishga solgan. U, bundan
qutilishning yo’li, xuddi T.Maltusga o’xshab, tug’ilishni kamaytirish deb
bilgan. D.Rikardo fikri bo’yicha, yomon erlarni ishlamaslikka imkon
beruvchi yana bir vosita xalqaro savdoni rivojlantirish, aholisi zich
bo’lmagan mamlakat-lardan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini olib kelish.
Nihoyat, D.Rikardo ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon
beruvchi texnik taraqqiyotga ishonch hosil qilgan.
Dostları ilə paylaş: |