6. Fizokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o’ziga xos o’rinni
egallaydi. A.Smit o’z vaqtida:
«fiziokratizm tizimi qanchalik
nomukammal bo’lmasin, shu davrgacha chop etilgan iqti-sodiy g’oyalar
ichida haqiqatga eng yaqini edi»,
- deb aytgan. Bu ta’limotning
59
merkantilizmni inkor qilishi, mehnat bilan er boylikning asosi ekanligini
tan olishi, savdo-sotiqda bojxona cheklovlarini bekor qilishni taklif
etishi nihoyatda muhimdir. Fiziokratlarning boylik tezisi, ayniqsa, uni
yaratishdagi meh-natning ahamiyati diqqatga sazovor: boylik - bu
jamiyat mehnati bilan har yili yaratilgan iste’mol qiymatlar yig’indisidir.
Bu tezis A.Smit tomonidan ham qabul qilingan.
Kapital va uning ikki qismga ajratib ko’rsatilishi (asosiy va
aylanma), takror ishlab chiqarish jarayonining tahlil qili-nishi, erkin
sohibkorlik to’g’risidagi g’oyalar, jamiyatning sinf-larga ajratilishi
iqtisodiy ta’limotlarning rivojida keyingi muhim qadamdir.
Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun erkin bozor muno-
sabatlariga o’tish va dehqonchilikdan olinadigan soliqni kamay-tirish
zarurligi, yagona soliq tizimiga o’tish kerakligi to’g’risi-dagi fikrlar
nihoyatda qimmatlidir. Chunki sohibkor va tadbir-korlar shaxsiy
manfaatdorlik bo’lgan sharoitda ishlab chiqarishni tez rivojlantirishga
intiladilar. Hozirgi zamon tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor
munosabatlarining unsurlarini asosan to’g’ri hal etib berdilar.
Xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasida muayyan mutanosiblik bo’lgan
sharoitda takror ishlab chiqarish va realizatsiya jarayoni-ning uzluksiz
davom etishi mumkinligi aniqlab berildi. Bu muam-moni hal etishda
fiziokratlar tomonidan mamlakatdagi uch sektor o’rtasidagi
munosabatlar misol qilib olingan. Ammo amalda, ayniqsa, hozirgi
davrda, bunday sektorlar juda ko’p bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar
Nobel mukofoti sohibi V. Leontevning «xarajatlar - ishlab chiqarish»
balansida
N
ta tarmoq uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi davrda bunday
balans tarmoqlararo balans deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlilda va
umuman iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Undagi g’oyaning
kurtaklari fizio-kratlar asarlarida yaratilgan bo’lib, u klassik iqtisodiy
maktab ta’limoti zanjirining ajralmas qismi sifatida muhim o’rin
egallaydi.
Shu bilan birga, hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlari nuq-taiy
nazaridan fiziokratizm g’oyalari o’z ahamiyatini tezda yo’qotdi va
o’tkinchi xarakterga ega bo’ldi. Chunki jahon ijtimoiy va iqti-sodiy
hayotidagi o’zgarishlar nisbatan mukammal g’oyalarning ishlab
chiqilishi zarurligini taqozo etdi va bu amalda ro’y berdi. Ayniq-sa,
boylikni faqat dehqonchilik bilan bog’lab tushuntiruvchi fiziokratizm
g’oyalari sanoat inqilobi natijasida yuz bergan o’zgarishlar tufayli tez
unutilayozdi. Bu holat iqtisodiyot osmo-nidagi yorqin yulduzning
so’nishini eslatadi.
60
|