qarshilikka duch keldi. Shuning uchun islohotlari ko’p vaqt amal
qilmadi. 1776 yili A.Tyurgo iste’foga chiqqach, ular bekor qilindi.
A.Tyurgo vazir sifatida amalga oshirgan asosiy islohotlar:
mamlakat ichkarisida don va uning erkin savdosining tashkil etilishi;
qirollikka erkin don olib kelish va undan boj to’lov-larisiz erkin don olib
chiqish; natural er majburiyatining pulli er solig’i (o’lpon) bilan
almashtirilishi; sanoat sohasida tadbir-korlikning
rivojlanishiga
to’sqinlik qiluvchi hunarmandchilik tsexlari va gildiyalarining (yirik
savdogarlar va hunarmandlar birlashmasi) bekor qilinishi va boshqalar
hisoblanadi.
Ish haqi nazariyasi.
Xuddi fiziokratlarga o’xshab, A.Tyurgo-ning
tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlan-tiruvchi kuch
hisoblanadi; u o’z erida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi.
Ish haqiga nisbatan ko’proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu –
dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tan-qid qilgan holda, millatning
boyligi deb, eng avvalo, erni va undan olinadigan «sof daromadni»
hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari mini-mumiga
bog’lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravish-da,
ish
haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini
ochib bermoqchi bo’ldi
. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur
bo’lgan yashash vositalari minimumi darajasiga
pasay-tiruvchi bunday
mexanizm, uning fikricha, mehnatga bo’lgan talab-ning mehnat
taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o’rtasi-dagi raqobatning
rivojlanmaganligi hisoblanadi.
Sinflar nazariyasi.
A.Tyurgo F.Kenega o’xshab, jamiyatni
uch sinfga
ajratadi
: unumli sinf (qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo’lgan
kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish
tarmoqlarida va xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan kishilar); er egalari
sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni
«ishlovchilar yoki ish bilan band sinflar»
deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki toifaga bo’lib ko’rsatadi,
ya’ni tadbir-korlar yoki avans beruvchi kapitalistlar
va ish haqi oluvchi
oddiy ishchilar. Shu bilan birga, olimning tasdiqlashicha, aynan unumsiz
sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o’z ichiga oladi.
Qiymat, pul va foiz nazariyalari.
A.Tyurgo qiymat, baho va pulni
tahlil kildi. Uning bu sohadagi fikrlari o’ziga xos tavsifga ega va
qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo tovarning narxi
sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi
to’g’risidagi g’oyani ilgari surdi. Bunda kamyoblik tovar narxini
58
“baholashda asosiy unsurlardan biri” hisoblanadi. Keyinchalik bu g’oya
zamonaviy baho nazariya-sining shakllanishida ijobiy o’rin tutadi.
A.Tyurgo iqtisodiyotda protektsionizm
siyosatining salbiy
tomonini ko’rsatib berdi. Uning fikricha, «olish va sotishdagi umumiy
erkinlik, bir tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag’batlantiruvchi
narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovarni eng past
bahoda sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo pulni o’z mohiyatiga ko’ra tovarlar dunyosidagi bir
tovar sifatida ta’riflab, ayniqsa, «oltin va kumushni, boshqa har qanday
materialga nisbatan moneta (tanga) xizmatini o’tashga yaroqli», deb
hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo’lib
yaralgan, buning ustiga,
har qanday kelishuv va qonunlardan qat’iy nazar hamma uchun umumiy
moneta bo’lib qoladi. Uning fikricha, pul, ya’ni oltin va kumushning
bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o’zgarib turadi, balki
bir-biriga bo’lgan nis-bati, kam yoki ko’pligiga qarab ham o’zgarib
turadi. A.Tyurgo qog’oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va
xizmatlarning miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan
foydalanish noqulay-liklari to’g’risidagi qoidani
dalillar bilan isbotlab
berdi.
A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan
pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaray-digan
nasixatgo’ylar bid’atlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, qarz beruvchi
qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi mumkin
bo’lgan daromadni yo’qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni samarali ishlatib
ancha foyda ko’rishi mumkin. Ko’rinib turibdiki, qarz beruvchi qarz
oluvchiga ozor etkazayotgani yo’q, aksincha,
birinchisining pulidan
ikkinchisi foyda ko’rayapti. Ana shu foyda qarz oluvchini foiz to’lash
sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch hisoblanadi. U foizni
foydadan to’laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga ko’ra, bunday
«kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham manfaatdor. Joriy
foizga kelsak, A.Tyurgo bo’yicha, u bozorda kapitalning ko’p yoki
kamligini ko’r-satuvchi termometr vazifasini o’taydi, xususan, foizning
past bo’lishi bu - kapital ko’pligi natijasidir.
Dostları ilə paylaş: