320
yollanma ish yurituvchi va aksiyadorlar xususiy mulkchilik tamoyilini
himoya qila olmay qolishadi. Ularning munosabati ishchi kuchi sinfi va
jamiyat o‗rtasida keng yoyiladi. ―Oxir-oqibat bunga chidab tura oluvchi
hech kim qolmaydi (nafaqat
uchastka ichida, balki undan tashqarida
ham).‖
77
Bundan tashqari kapitalizmning yana bir muvaffaqiyatli tomoni
kapitalist tomonidan topilgan boylik hamda daromaddagi o‗zgarishlar
―aytilgan so‗z qudrati bilan qurollangan‖ va ―amaldagi hodisalar uchun
bilvosita javobgarlikka‖ ega bo‗lgan jamiyatda intellektual guruhlarning
ko‗payishiga imkon yaratganligi sababli ham jarayonni tezlashtirar
edi.‖
78
Ba‘zi hollarda ular hukumat byurokratiyasining
bir qismi
sanaladi, ammo eng muhim tomoni shundaki, hattoki ommaviy
kommunikatsiyaning yuqori darajalarda rivojlanishi orqali ular jamiyatni
kapitalizm institutlaridan g‗azablanganlar
hamda norozilar sinflariga
ajratishadi.
Shumpeter sekin-astalik bilan, ammo ishonchli tarzda yaqinlasha-
yotgan sevimli tizimning barbod bo‗lishini oldindan ko‗ra bildi.
Tadbirkorning yo‗q bo‗lib ketishi
hamda davlat aralashmaslik
siyosatining tugallanishi natijasida hukumat iqtisodiyotga yana va yana
aralashishidan voqif bo‗lgan edi. Keynsga o‗xshagan ba‘zi bir
iqtisodchilar mazkur ichki ishlarga aralashish siyosatini kapitsalizmni
saqlab qolishning yo‗li sifatida ko‗rishdi,
ammo Shumpeter buni
kapitalizmning batamom yakunlanish alomati, deb bildi. ―Mulkchilik
alomatlarining yo‗qolishi‖ va tadbirkorlikning tugallanishi natijasida
Shumpeter oldingi iqtisodiy o‗sish uchun zamin yaratgan iqtisodiyotdagi
dinamik element g‗oyib bo‗lishini bashorat qildi.
Shumpeter ba‘zi tahsinlarga sazovor bo‗ldi,
lekin asosiy bozor
iqtisodchilaridan bunday E‘tirofga ega bo‗la olmadi.
Uning norasmiy yo‗nalishi standartlashayotgan rasmiy yo‗nalish
modeliga mos tushmas edi. Bu faqatgina makroiqtisodiyotning asosiy
qismini tashkil etgan hamda iqtisodiy o‗sishga alohida e‘tibor qaratgan,
shuningdek, iqtisodiy o‗sishning rasmiy modelini yaratib bergan 1950-
yillarda R.Xarrod, E.Domar, R.Solov va T.Svan asarlarida o‗z aksini
topdi. Ushbu rasmiy iqtisodiy o‗sish modellariga qiziqish 1930-yillarda
sodir bo‗lgan depressiya hodisasi tufayli ahamiyatsiz bo‗lib
qoldi va
shundan kelib chiqib, iqtisodiy davr nazariyalariga alohida e‘tibor
qaratildi.
Dostları ilə paylaş: