Alohida mamlakatlarda iqtisodiy o„sish sur‟atini tashkil
etuvchilar, %
15.2-jadval
O‗sish sur‘atini
tashkil etuvchi omillar
AQSh 1950-
1962 y.
Yaponiya
1953-1971y.
GFR
1950-1962y.
Mehnat
1,12
1,85
1,37
Kapital
0,83
2,10
1,41
Texnik taraqqiyot
0,76
1,97
0,8
Resurslarning
joylashishi
0,29
0,95
1,01
Ishlab chiqarish
ko‗lami
0,36
1,94
1,61
Boshqalar
-0,04
0,00
0,00
O‗sish sur‘ati
3,32
8,81
6,27
Jadvaldan shu narsani ko‗rish mumkinki, GFR uchun ishlab
chiqarish ko‗lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Garchi bu
yerda u yoki bu omilni ajratib ko‗rsatish qiyin bo‗lsa ham zamonaviy
texnologiyalarga o‗tish Yaponiya iqtisodiyotida yuqori ish sur‘atini
333
ta‘minlashda muhim rol o‗ynagan. Haqiqatan Yaponiyada iqtisodiy
o‗sishning yarmini ishlab chiqarish omillarining o‗sishi ta‘minlagan
bo‗lsa, ikkinchi yarmini – texnika taraqqiyoti va texnologiya
ta‘minlagan. Amerika iqtisodiyotida mehnat unumdorligini oshirish,
kapitaldan foydalanish muhim hisoblangan.
15.5. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o„sish modeli
Ikkinchi Jahon urushidan keyin mustamlaka tuzimining yemirilishi
bilan ―kam rivojlangan‖ atalmish mamlakatlar xo‗jaligini rivojlantirish
muammosi iqtisodiy fanda markaziy o‗rinlardan birini egalladi. Osiyo,
Afrikadagi bir qator bunday mamlakatlar aholisining o‗sish sur‘ati yalpi
ichki mahsulotning o‗sish sur‘atidan ustun bo‗lgan. Jon boshiga to‗g‗ri
keladigan yalpi ichki mahsulot ko‗paymagan, balki bir o‗rinda qolgan
yoki pasaygan. Ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki jamg‗arma
manfiy bo‗lgan, ya‘ni mamlakat ishlab chiqarishdan ko‗ra ko‗p iste‘mol
qilgan, demak chetdan keladigan resurslar hisobiga yashagan.
Mutaxassislar g‗arb iqtisodiy fani yutuqlariga asoslangan holda
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy o‗sishini rag‗batlantirish bo‗yicha
amaliy tavsiyalarni va modellarni ishlab chiqdilar. XX asrning 50-60-
yillari keynschilik vakillari nazariyalari ancha keng tarzda qo‗llanildi.
Davlat investitsiyalari - muvaffaqiyat garovi. Keynschilarning
ta‘kidlashicha, kam rivojlangan mamlakatlarda xususiy ixtiyoriy
jamg‗armalarning roli juda past. Aholi ishlab topgan daromadlarining
barchasini iste‘molga sarflashni afzal ko‗radi va deyarli investitsiyani
amalga oshirmaydi. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri industrial
rivojlangan mamlakatlar ―ta‘siri‖ hisoblanadi. G‗arb hayot tarzining
kirib kelishi isrofgarchilikka yo‗l qo‗yish, zeb-ziynat buyumlariga
bo‗lgan sarflarni ko‗paytirishni keltirib chiqardi. Shuning uchun
daromadning oshishi jamg‗armaning tez ko‗payishiga va demak,
investitsiyaning ko‗payishiga olib kelmagan. Shu bois, majburiy
jamg‗armalarning roli oshib boradi (aholidan olinadigan soliq va har xil
to‗lovlarni ko‗paytirish hisobiga) va davlat investitsiyalarining
ahamiyati kuchayib boradi. Davlat aholining pul resurslarini
investitsiyaga yo‗naltirish chora-tadbirlarini ko‗rishi lozim. Bunday
chora-tadbirlardan biri foiz Me‘yorining davlat tomonidan tartiblab
turilishi hisoblanadi.
Chunki tadbirkorlar o‗z kapitallarini ishlab chiqarish sohasidan
ko‗ra tez-tez savdo va moliyaviy sohalarga yo‗naltiradilar. Nega?
334
Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tipik hol hisoblangan
surunkali inflyatsiya ishlab chiqarish sohasiga kapital qo‗yishni foydasiz
qilib qo‗yadi. Ikkkinchidan, bozor infratuzilmasining va xo‗jalik
qonunchiligining yaxshi rivojlanmaganligi xususiy tadbirkorlarga savdo,
transport, aloqa sohalarida monopol mavqega erishish va shuning
hisobiga monopol yuqori foyda olish imkonini beradi.
Xususiy sektorni rivojlantirish, keynschilar fikriga ko‗ra bozor
infratuzilmasiga va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga davlat kapital
qo‗yilmalarini ko‗paytirish, investitsion kreditlarni kengaytirish, foiz
stavkasini pasaytirish, mo‗tadil inflyatsiya va byudjet taqchilligini
ta‘minlash yo‗li bilan rag‗batlantirilishi zarur.
Amerika iqtisodchilari R.Nurske, A.Xirshman va boshqalar
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‗sish modellaridan biri –
―keskin sakrash‖ nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga muvofiq
rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqlikdan qutilish uchun ―kambag‗allik
tuzog‗ini‖ uzib tashlashi kerak. Yaratilgan moddiy boyliklar aholining
o‗sishi tomonidan ―yeb tashlanishi‖ tufayli kelib chiqadigan
―kambag‗allik tuzog‗ini‖ quyidagi ko‗rinishda ifodalash mumkin.
Iqtisodiy o‗sishga to‗sqinlik qiluvchi salbiy holatlar doiraviy
ko‗rinishda joylashgan bo‗lib iqtisodiy o‗sish omillaridan foydalanishga
qarshi ta‘sir ko‗rsatadi. Past darajadagi investitsiya qo‗yilmalari mehnat
unumdorligini oshirish va daromadlarni ko‗paytirish imkonini bermaydi.
Aholining tez o‗sishi oziq-ovqat va iste‘mol tovarlarining o‗sishini ―yeb
tashlaydi‖. Bunday vaziyatda iqtisodiy turg‗unlik kelib chiqadi. Bu
―tuzoqdan‖ qanday qutilish kerak? Nurske fikriga ko‗ra davlat
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan past darajadagi
daromad
Past unumdorlik
Aholining tez
o‘shi
Past darajadagi
jamg‘arma
Past daradagi talab
Inson kapitaliga bo‘lgan investitsiyalarning va
kapital qo‘ilmalarning past darajasi
335
investitsiyalarni ko‗paytirish orqali iqtisodiy o‗sishga keskin turtki
bo‗ladi. Bunda dastlabki investitsiya qo‗yilmalari milliy daromadning
12-15 foizidan kam bo‗lmasligi kerak. Investitsiyalarning ko‗payishi
mehnatga bo‗lgan talabni oshiradi, bu esa jamg‗armaning o‗sishiga va
xususiy
investitsiyalarning
jonlanishiga
olib
keladi.
―Keskin
sakrashdan‖ keyin davlat aralashuvi qisqartirilishi kerak, chunki stixiyali
bozor mexanizmi amal qila boshlaydi.
O‗z resurslariga suyanish va bozor mexanizmini faollashtirish.
Neoklassik yo‗nalish namoyondalari keynschilarning davlatning rolini
kuchaytirish va iqtisodiy erkinlik prinsiplariga putur yetkazish
qoidalarini tanqid qildi. Ularning fikriga ko‗ra xo‗jalikni rivojlantirishda
muvaffaqiyatlarga erishishni xohlovchi davlatning asosiy vazifasi –
bozor imkoniyatlarini, bozor infratuzilmasini ro‗yobga chiqarishdan
iborat. Jamiyat vaziyatni birdan, keskin o‗zgartira olmaydi. An‘anaviy
institutlarni xo‗jalik yuritishning yangi sharoitlariga asta-sekin
moslashtirib boradi.
Agar keynschilar asosiy e‘tiborni yirik korxonalarni rivojlan-
tirishga va xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratgan bo‗lsalar,
neoklassiklar kichik va o‗rta biznesni rivojlantirishni zarur, deb
hisobladilar. Ularning fikricha, asosiy muammo xususiy jamg‗arma va
investitsiyalarning yetishmasligi emas, balki ichki bozorning torligidir.
Xususiy tashabbuskorlikka keng yo‗l ochib berish iqtisodiyotning
jonlanishiga, daromadlar darajasining oshishiga va demak, iste‘mol va
jamg‗armaning o‗sishiga olib keladi. Eng asosiysi – bozor iqtisodi-
yotining me‘yorida amal qilishini ta‘minlovchi institutlarni tashkil
etishdir.
XX asrning 70-yillari neoklassiklarning tavsiyalari rivojlanayotgan
mamlakatlarda keng tarqala boshladi. Buning asosiy sababi, birinchidan,
xo‗jalik hayotini erkinlashtirish tufayli muvaffaqiyatlarga erishgan bir
qator ―yangi industrial mamlakatlar‖ tajribasi ta‘siri bo‗lsa, ikkinchidan,
keynschilik andozalaridan faol foydalangan mamlakatlarda vujudga
kelgan ko‗plab muammolarning (proteksionizm siyosati tufayli xalqaro
savdo hajmining qisqarishi, import hisobiga qoplash imkoniyatlarining
cheklanishi, surunkali inflyatsiya, monopolizm, korrupsiya va b.)
mavjudligi hisoblanadi. Lekin neoklassik modellarni amaliyotda
qo‗llash anchagina tanqidiy qarashlarni keltirib chiqardi. Asosiy tanqid
obyekti – inflyatsiyani jilovlash maqsadida qattiq monetar siyosatni olib
borish
zarurligi
hisoblanadi.
Rivojlanayotgan
mamlakatlarda
makroiqtisodiy
barqarorlikning
monetar
metodlari
rivojlangan
336
mamlakatlar iqtisodiyotidagi kabi natijalarni bermaydi, chunki ular
o‗rtasida chuqur institutsional farq amal qiladi. Shuning uchun qattiq
moliyaviy siyosat tez-tez iqtisodiyotning keskin qisqarishiga, turmush
darajasining pasayishiga, ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuviga olib
keladi.
Dostları ilə paylaş: |