331
ma‘lumotlar asosida (empirik usulda) ishlab chiqarish funksiyasining
quyidagi parametrlarini aniqlab berdi:
Y = 1.01
K
0,25
L
0,75
.
Kapital sarflarning 1%ga ko‗payishi ishlab chiqarish hajmining 1/4
ga yoki 0.25 foizga oshishini keltirib chiqaradi; mehnat sarflarining 1%
ga ko‗payishi mahsulot ishlab chiqarishni muvofiq ravishda – 3/4 yoki
0.75 foizga oshiradi. Koeffitsiyent a, agar kapital sarflari 1%ga
ko‗paysa, ishlab chiqarish (milliy daromad) necha foizga o‗zgarishini
ko‗rsatadi. Xuddi shunga o‗xshash, koeffitsiyent b, agar mehnat sarflari
1% ga ko‗paysa daromad necha foizga o‗sishini bildiradi. a + b
yig‗indisi, K va L omillari bir vaqtda 1% ga ko‗payganda ishlab
chiqarish yoki milliy daromad hajmi necha foizga oshganini ko‗rsatadi.
Agar a + b = 1 desak, (Kobb va Duglas ishlab chiqqan modelni
ko‗rilayotgan davrga qo‗llasak, bu yig‗ma formuladan ko‗rinib
turganidek, 1 ga teng), bu K va L ning bir vaqtda 1 foizga oshishi Y ning
ham 1 foizga oshishini keltirib chiqarishini bildiradi. Lekin a + b > 1
yoki a + b < 1 vaziyatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday
vaziyatlarda kapital va mehnat omillari qaytimining ko‗payishi yoki
kamayishiga qarab ularni o‗zaro almashtirish mumkin. Amaliyotda
omillarning bunday o‗zaro almashinishi texnologik o‗zgarishlar bilan
bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: