330
Bu yerda shu narsaga e‘tibor berish kerakki, Xarrod-Domarning bir
omilli modeli konkret andozalarni, iqtisodiy siyosat yo‗nalishlarini
ishlab chiqish vositasi emas, balki nazariy tahlil vositasi hisoblanadi.
Mazkur model faqat uzoq muddatli davrdagi o‗zgaruvchan iqtisodiy
o‗sishni muvozanatlashtirib turadigan murakkab o‗zaro aloqalarni
tushunishga yordam beradi. Kapital sig‗imi koeffitsiyenti qancha past
bo‗lsa, jamg‗armadan foydalanish uchun imkoniyatlar shuncha ko‗p,
kapital elementlari shuncha samarali bo‗ladi. Yuqori kapital sig‗imi
koeffitsiyenti va uncha yuqori bo‗lmagan jamg‗arma darajasi talab
uchun qulay sharoit yaratib beradi, ammo o‗sish sur‘ati nuqtayi
nazaridan noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Model mualliflari
iqtisodiy o‗sishni tartiblab turish uchun davlat aralashuvini zarur, deb
hisoblaydilar. Bunday aralashuv barqaror iqtisodiy o‗sish sharti
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: