O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Shumpeter va uning iqtisodiy o„sish nazariyasi 
Shumpeter 30 yoshga yetmasdan turib, 1912-yil birinchi nashrdan 
chiqqan va 1934-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan ―The Theory of 
Economic Development‖ (Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi) kitobida 
o‗zining iqtisodiy o‗sish nazariyasiga asos soldi. Ushbu ajoyib tamoyil 
sirliligicha saqlanib qoldi, chunki u 50 yil mobaynida bozor 
iqtisodchilari o‗rtasida mashhur bo‗lib kelgan iqtisodiy model 
shakllanishi uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Kinoyali tarzda olib qaralsa, 
Shumpeter gipotezaning ekonometrik asoslari iqtisodiyotda, shuningdek, 
raqobat muhiti mavjud va unda salbiy natijalarga erishish mumkin 
bo‗lgan sohalarda matematikaning qo‗llanilishi tarafdori bo‗lgan.
Shumpeterning iqtisodiy o‗sish jarayoni bo‗yicha izohlari an‘anaviy 
qoliplarga mos tushmadi, u iqtisodiy o‗sishning noiqtisodiy sabablarini 
keltirib o‗tmagan. U ba‘zi muhim iqtisodiy omillarni tahlil etishiga 
qaramasdan, tizimdagi o‗tgan iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlarini 
hamda kelajakdagi iqtisodiy o‗sishga xalal beruvchi elementlarni 
noiqtisodiy elementlar qatoriga kiritdi. 
Shumpeter asarida keltirib o‗tilgan iqtisodiy omillarning tahliliga 
e‘tibor qaratib o‗taylik. Umuman olganda u kapitalizm sharoitida 
iqtisodiy faoliyatdagi o‗zgarishlarni aniqlab, tahlil qilishiga qaramasdan, 
Seyning qonunini qabul qildi. Uning fikriga ko‗ra depressiya o‗zini o‗zi 
tartibga soluvchi jarayon sanalib, to‗la bandlik bo‗lmagan hollarda 
tenglik vujudga kelmaydi. Marks depressiyani biror-bir tizimda umumiy 
yemirilishga olib keluvchi kelishmovchiliklar asosi sifatida qabul qilgan 
bir sharoitlarda, Shumpeter depressiya jarayonini tizim uchun zararsiz 
hol sifatida E‘tirof etdi. Ular iqtisodiy o‗sish umumiy jarayonlarning 
ajralmas qismi ekanligini nazarda tutdi. Iqtisodiy o‗sish biror iqtisodiy 
davrning eng rivojlangan bosqichi sanaladi, chunki ushbu davr 


318 
iqtisodiyotga kiritilgan yangi mahsulot va texnologiyalardan keladigan 
pirovard natijalarni o‗zida aks ettiradi.
Depressiyaning natijasi boshqariluvchi, samarali faoliyat olib 
boruvchi korxonalarni chetga surgan holda iqtisodiyotni larzaga solishda 
ishtirokchi bo‗lib qatnashishi sanaladi, shuningdek, ushbu jarayon 
sog‗lom iqtisodiyot, boshqariluvchi, samarali faoliyat yurituvchi 
korxonalarning rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib beradi.
Ammo Shumpeter fikricha, iqtisodiy o‗sishning asosiy elementlari 
noiqtisodiy omillar sanalib, jamiyatning institutsional tuzilmasida 
namoyon bo‗ladi. Shumpeter tadbirkorlar, deb nomlanganlarning ish 
faoliyatini sanoatlashgan olamda sodir bo‗lgan ulkan iqtisodiy o‗sish, 
deb baholagan. Tadbirkor Shumpeter fikricha, shunchaki biznesmen 
yoki ish boshqaruvchi emas, balki u tabiatan tavakkalchilikka qo‗l 
uradigan 
va 
iqtisodiyotga 
innovatsiyaviy 
mahsulotlar 
va 
texnologiyalarni olib kiruvchi noyob shaxs sanaladi. 
Shumpeter ixtiro va innovatsiya tushunchalariga aniq izohlar berib 
o‗tadi. Faqatgina kam shaxslar guruhgina, ya‘ni uzoqni ko‗ra biluvchi 
innovatsiyaviy biznesmenlar yangi ixtironing potensialiga ega bo‗la 
oladilar 
hamda 
uni 
o‗zlarining shaxsiy manfaatlari yo‗lida 
foydalanadilar. Ammo ularning manfaatlari iqtisodiyot uchun ham naf 
sanaladi. Tadbirkor tomonidan muvaffaqiyatli innovatsiyaning kiritilishi 
natijasida boshqa bir qancha biznesmenlar da‘vo bilan chiqishadi hamda 
yangi mahsulot va texnologiyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha 
yoyilishini aytib o‗tishadi. Iqtisodiyotda iqtisodiy o‗sishning haqiqiy 
manbayi innovatsiyaviy tadbirkorlarning faoliyatida aks ettirilib, riskka 
moyil bo‗lmagan tadbirkorlar jamiyati faoliyatida namoyon bo‗lmaydi.
Shuning uchun iqtisodiy o‗sish tadbirkorlar faoliyatini qo‗llab-
quvvatlovchi va rag‗batlantiruvchi institutsional xususiyat orqali 
shakllanadi; xususiy mulkchilik hamda davlatning aralashmaslik siyosati 
ustun bo‗lgan mamlakatlarda ilk kapitalizm ildizlari iqtisodiy o‗sishga 
ideal tarzda mos keladi. Bu davlatning aralashmaslik siyosati va shunga 
moyil bo‗lgan hukumatning muhimliligini qanchalik o‗zida aks 
ettrmasin, Shumpeter tahlilining mazkur qismi iqtisodiy o‗sishning 
klasssik nazariyasi bilan nazariy va ideologik bog‗liqlikda o‗rganiladi, 
ammo klasssik nazariya kapital jamg‗armasi hajmining iqtisodiy 
omillarini ifodalagan bir sharoitda, Shumpeter iqtisodiyotda tadbirkorlar 
o‗rnini tahlil etishda noiqtisodiy, madaniy va sotsiologik omillarni 
keltirib o‗tadi. Mazkur iqtisodiy qarashlar va bozor iqtisodiyotiga 


319 
asoslangan yangi klassik iqtisodiyot nuqtayi nazaridan qarashlar 
Shumpeter fikrlari bo‗yicha quyidagicha ko‗rsatib o‗tilgan: 
Bir tizimda paydo bo‗layotgan o‗zgarishlarni boshqa bir tizimda 
amalga oshirilgan qator o‗zgarishlar orqali amalga oshirib bo‗lmaydi. 
Imkon boricha pochta xodimlarini ko‗proq jalb qilingki, temir yo‗l 
xizmatiga hojat qolmasin
75

Hozirgi kunga qadar ko‗pchilik kitoblardagi iqtisodiy g‗oyalar 
Shumpeter kuzatuvlari kelajakdagi iqtisodiy o‗sish va kapitalizmning 
shakllanishi haqida borganligini tasdiqlaydi. Marks kapitalizmning 
batamom yemirilishi qarama-qarshiliklar kelib chiqishi natijasida sodir 
bo‗lganligini taxmin qilgan bir davrda, Shumpeter uning tugashini 
muvaffaqiyat mahsuli sifatida faraz qilgan.
U bezori tadbirkorlarning jasoratli amallariga asoslangan iqtisodiy 
o‗sishning romantik qarashlariga ega bo‗lgan ideologik konservativ 
iqtisodchi edi. U ushbu jarayonning davomiyligini ko‗rishni niyat qildi, 
shunga qaramasdan, tadbirkorning kapitalizm sharoitlarida bankrot 
bo‗lishini hamda jamiyatda intellektual qatlamning yuqori darajadagi 
o‗rnining paydo bo‗lishini kutdi. Muvaffaqiyatli tadbirkor sanoat 
sohasida riskdan qochuvchi, kam samara bilan ishlayotgan korxonalar 
o‗rtasidagi raqobat orqali g‗olib chiqqan katta korxonalar rivojlanishini 
qo‗llab-quvvatlaydi. Ammo katta firma tezda riskdan qochishga moyil 
hamda ehtiyotkor bo‗ladi va u innovatsiyaviy tadbirkorlar tomonidan 
emas, balki byurokratik tashkilot tomonidan boshqariladi. Shundan 
so‗ng byurokratik katta firma tadbirkorlarni sekin-asta yo‗q qila 
boshlaydi va ularning o‗rniga ―mulohazali‖ ish yurituvchilarni qo‗yadi. 
Yollanma ish yurituvchilar tadbirkorlarni ishga yollagan paytda, katta 
korxonalarga 
egalik 
qilish 
befarq 
egalik 
qilish 
hisoblanadi. 
Sotsializmning haqiqiy izdoshlari, – deydi Shumpeter Vanderbilt, unga 
da‘vat etuvchi intellektual shaxs yoki targ‗ibotchilar emas, Karnegi va 
Rokfellerlar esa bundan mustasno‖
76

Shumpeter gigant firmalar bir qancha kichik, o‗z egalari tomonidan 
boshqariluvchi firmalarni yo‗q qilib yuborsa, kapitalizmni siyosiy 
qo‗llab-quvvatlovchilarning kattagina qismi chetga chiqishiga ishondi. 
Shumpeterning xulosasiga ko‗ra kapitalizmning muvaffaqiyatli tomoni 
xususiy mulkchilikning eski tamoyillarini bartaraf etishda va u uchun 
kurashishning foydasizligida edi. Tadbirkor ishidan ketgan taqdirda 
75
J. A. Schumpeter, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin