303
yollanma ishchilarning 50 foiziga yaqini) ish haqining yuqoriligi va ko‗p
sonli yuqori malakali ishchilarning mavjudligi tufayli ilmsig‗imli
mahsulotlarni ishlab chiqarishdagi umumiy sarflarda ishchi kuchiga
to‗g‗ri keladigan sarflar hissasi ham yuqori. Bundan tashqari turli ishlab
chiqarish bosqichlarida har bir yollanma mehnat egasining hissasi ham
har xil bo‗ladi. Demak, mehnat omilini tarkibiy tuzilishi jihatidan bir xil,
deb qaragan Xeksher-Olin nazariyasini qo‗llash xatodan xoli emas. Shu
bois ―mahsulotning hayotiy sikli‖ nazariyasi mualliflari mehnatni bir
qancha turlarga ajratadi: yuqori malakali mehnat, boshqaruv mehnati,
malakasiz mehnat va b. Shunday qilib, ikki omilli model ko‗p omilga
aylandi, ya‘ni kapital omili bilan birga mehnatning har xil turlari amal
qiladi.
Har bir omil ahamiyatining o‗zgarishiga muvofiq ravishda ishlab
chiqarishning uch fazaga (ular ―mahsulotning hayotiy sikl‖iga mos
tushadi) bo‗linishi mazkur nazariyaning kelib chiqishiga yana bir sabab
bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: