308
omillarining xalqaro harakati nazariyasi o‗ziga xos xususiyatga ega. Shu
bilan birga bu yerda ham xalqaro tovar va xizmatlar savdosi sohasidagi
rag‗batlantirish va qonuniyatlar deyarli bir xil amal qiladi.
Tashqi savdo munosabatlari va ishlab chiqarish omillarining xalqaro
harakati konsepsiyalarida va olib borayotgan
siyosatda asosiy qoidalar
hisobga olinadi. Odatda, mamlakat iqtisodiyoti eksport kvotasi
miqdoriga bog‗likligi nazarda tutiladi. Kichkina mamlakatlarda odatda,
bunday kvota yuqori negaki, bu mamlakatlarning iqtisodiyoti tashqi
savdoga ancha katta darajada bog‗liq bo‗ladi. Shu narsa ham ayonki, har
qanday mamlakat milliy xo‗jaligining holati tashqi savdo va to‗lov
balansini aniqlab beradi. Agar eksport importdan ancha ortib ketsa,
mamlakatning to‗lov
balansi tanqisligi kuchayadi, bu uni tashqaridan
qarz olishga majbur etadi. Natijada bunday mamlakatning qarzlari
ko‗paydi, har xil salbiy oqibatlar kuchayadi.
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, tashqi savdo va tashqi
iqtisodiy aloqalar samaradorligini bir xil baholab bo‗lmaydi. Bu yerda
universal mezon amal qilmaydi. Samaradorlik va foydalilik nafaqat
tashqi valyuta tushumlariga bog‗liq, balki
jahon va ichki narxlar
dinamikasiga, savdo operatsiyalari miqyosiga, hisob-kitob tizimiga ham
bog‗liq. Tashqi savdo nazariyalari va siyosati ildizi odatda, to‗lov
balansi holatiga borib taqaladi. To‗lov balansi milliy valyutaning
ishonchli va barqarorligini, mamlakatning moliyaviy majburiyatlari va
qarzlari bo‗yicha hisob-kitob qilish qurbiga ega ekanligini,
iqtisodiy
siyosat samaradorligini baholashni, tashqi iqtisodiy aloqalarning amaliy
ahamiyatini ko‗rsatib beradi.
Hozirgi davrda jahon savdosining xalqaro kapital harakatiga
bog‗liqligi kuchayib bormoqda. Jahon kapitali oqimi tovarlar oqimidan
oshib borayapti. Xalqaro kapital oqimining kuchayishi yevrovalyuta
bozori va xalqaro obligatsiyalar bozorida namoyon bo‗lmoqda, bu
bozorlarning ko‗lami ancha kengaymoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, samarali tashqi savdoga, uning
dinamikasi va tuzilishiga
ta‘sir etuvchi turli-tuman omillarning barchasini hisobga oladigan
amaliyotda bironta ta‘limot amal qilmaydi. Iqtisodiy nazariyalarda
tajribalar umumlashtiriladi, prinsiplar shakllantiriladi, kerakli xulosalar
chiqariladi, lekin tayyor andozalar yo‗q.
Hamma qabul qilgan, yagona
xalqaro ayirboshlash nazariyasi amal qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: