O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
 


309 
14.7.Valyuta kursi nazariyalari 
Valyuta kursini belgilashda har bir mamlakat o‗z iqtisodiy holatidan 
kelib chiqib, hozirgi kunda tadqiq qilinayotgan valyuta kursi 
nazariyasiga suyanadi. Valyuta kursi nazariyasi turli valyutalar orasidagi 
nisbat, uning omillar ta‘sirida o‗zgarish darajasini o‗rganadi. Aniq va 
ishonchli xulosalar, tadqiqotlar natijasi mamlakatda qanday valyuta 
kursi rejimini tanlash, ya‘ni valyuta kursining o‗rnatilish usulini hamda 
uni tartibga solish yo‗llarini aniqlashga imkoniyat yaratadi. 
Valyuta kursining o‗rnatilishi hozirgi amaliyotda valyutaning to‗lov 
qobiliyati paritetiga asoslangan. Valyuta kursi ilgari oltin standart va 
qat‘iy belgilangan kurslar pariteti orqali o‗rnatilgan. 
To‗lovga qobiliyatlilik pariteti asosida o‗rnatilgan kurs valyutaning 
real kursini ifoda etadi. Shuningdek, to‗lovga qobiliyatlilik pariteti 
ko‗rsatkichi makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni (YaIM va boshqalar) bir 
valyutada hajmini hisoblash orqali xalqaro taqqoslashda keng 
qo‗llaniladi. 
50-yillar o‗rtalaridan boshlab to‗lovga qobiliyatlilik pariteti asosida 
mamlakatlar makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari yagona valyutada hisob-
lanadi va taqqoslanadi. 
To‗lovga qobiliyatlilik pariteti - bu mamlakatning bir birlik 
valyutasida sotib olish mumkin bo‗lgan ma‘lum bir mahsulotlar va 
xizmatlar majmuyini A mamlakat valyutasini sotib olish uchun yetarli 
bo‗lgan pul miqdori. Ammo biz bilamizki, hozirgi kunda valyutalar 
kursi to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan haqiqiy baho kasb 
etmaydi.
90-yillarga kelib to‗lovga qobiliyatlilik pariteti va haqiqiy valyuta 
kursi orasidagi nisbatni o‗rganish keng miqyosda amalga oshirila 
boshlandi. Sababi shu paytga kelib bu ko‗rsatkichlar orasidagi nisbat 
keskin o‗zgara boshladi. Natijada mamlakatalarning iqtisodiy holatini 
baholovchi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash birmuncha 
noaniqliklarni keltirib chiqardi. Bu taqqoslashlarni amalga oshirish 
uchun nazariy valyuta kursi funksiyasini bajaruvchi to‗lovga 
qobiliyatlilik pariteti foydalanila boshlandi. Shuningdek, bu paritetning 
o‗zgarishi orqali valyuta kursining o‗zgarishi darajasi ham aniqlana 
boshlandi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimida valyuta kursi 
muvozanatini ta‘minlash shu paritet orqali amalga oshirilishi mumkin. 


310 
Hozirgi xalqaro iqtisodiyotda valyuta kursi va to‗lovga qobiliyatlilik 
pariteti orasidagi nisbat rivojlangan mamlakatlar uchun saqlanib 
qolmoqda. Boshqa mamlakatlarda bu nisbat birmuncha farq qiladi. 
To‗lovga qobiliyatlilik pariteti AQSh dollariga nisbatan belgilanadi.
Uzoq muddatli rejada tashqi iqtisodiy aloqalar yordamida 
aniqlangan davlatlararo to‗lovga qobiliyatlilik pariteti valyuta kurslarida 
aks ettiriladi va ularning o‗zgarishiga olib keladi. Shu munosabat bilan 
to‗lovga qobiliyatlilik pariteti valyuta kursining muvozanat nuqtasi 
bo‗lib xizmat qiladi. Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimiga o‗tish 
davlatning to‗lovga qobiliyatlilik pariteti orqali ifodalangan iqtisodiy 
potensiallarini muvofiqlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bugungi 
dunyo bozori sharoitida valyuta kursining muvozanat nuqtasi paritet 
bilan muvofiqlashuvi jon boshiga to‗g‗ri keladigan daromadi yuqori 
bo‗lgan davlatlarda saqlanmoqda. Jon boshiga daromadi o‗rta va past 
bo‗lgan davlatlarda mazkur muvozanat nuqtasi olingan. Ya‘ni o‗rtacha 
rivojlangan davlatlarda valyuta kursi undagi paritetning ikki baravari 
yoki undan ortiq darajada belgilanmoqda. Boshqacha qilib aytganda, 
milliy valyutaning mos ravishda 50% va 25% darajasida belgilanmoqda. 
Unda valyuta kursi undagi paritetning ikki, to‗rt baravi darajasida 
belgilanadi. Valyuta kurslari ana shu yangi nuqtalar atrofida 
o‗zgarmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotga bo‗lgan 
ta‘sirining o‗sib borishi har bir davlat tomonidan valyuta kursi va 
to‗lovga qobiliyatlilik pariteti o‗rtasidagi munosabatni, uning boshqa 
davlatlar bilan farqini o‗rganishni taqozo etadi.
To‗lovga qobiliyatlilik pariteti va valyuta kursi orasidagi tafovut 
asosida guruhlangan mamlakatlar o‗rni iqtisodiy rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlar o‗rniga, yoki jon boshiga to‗gri keladigan 
daromadiga ko‗ra o‗rniga nisbatan mos tushadi.
Aholi jon boshiga to‗g‗ri keluvchi daromad yuqori bo‗lgan davlatlar 
uchun valyuta kursini to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatining 
qiymati 1 dan kichik yoki teng. Bu davlatlar valyutalarining xarid 
qobiliyati ichki bozorga nisbatan tashqi bozorda yuqoridir. Bu holat 
kuchli valyutaga ega davlatlarning tashqi bozordagi xaridorlik o‗rnini 
ta‘minlaydi.
Shunday qilib, iqtisodiy rivojlanish darajasining valyuta kursi 
darajasiga bo‗lgan ta‘siri kuzatilmoqda: paritetining asosi bo‗lgan 
iqtisodiy rivojlanish darajasi valyuta kursining paritetdan farqini 
ifodalaydi. 


311 
Milliy valyuta kursini to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga nisbatan past 
darajadaligiga ega davlatlar quyidagi xususiyatlarga ega. Birinchidan, 
aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan YaIM hajmi rivojlangan 
mamlakatlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan yuqori, AQSh 
darajasiga nisbatan 80-85 % ni tashkil qiladi. O‗tish iqtisodiyotidagi 
davlatlarda bu ko‗rsatkich past bo‗lib AQSh darajasining 20-25%ini 
tashkil qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida bu ko‗rsatkich 
juda ham past bo‗lib 10-15% ni tashkil qiladi. 
Tabiiyki, milliy valyutani dollar ekvivalenti darajasida belgilasak, 
yuqoridagi ko‗rsatkichlarda o‗zgarish yuz beradi.
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, valyutani tartibga solishning turli 
usullarini qo‗llash orqali ba‘zi rivojlanayotgan mamlakatlar (Xitoy, 
Malayziya va boshqalar) milliy valyuta barqarorligini oshirishga 
erishmoqdalar. 
Rivojlanish yo‗lidan borayotgan O‗zbekiston va boshqa davlatlarda 
valyuta 
kursiga 
bo‗lgan 
ta‘sir ikki yo‗nalishda bo‗lmoqda. 
Devalvatsiyaga undovchi faktorlar ikki tomonlama, ya‘ni ijobiy va 
salbiy jihatdan ta‘sir etadi. Bunda salbiy ta‘sir qarzning oshishi 
hisoblansa, ijobiy faktor bo‗lib kelajakda raqobatning va eksportning 
milliy valyutaning arzonlashuvi asosida amalga oshirilishi hisoblanadi. 
Eksportni oshirish ijobiy savdo balansini ta‘minlash, ichki 
jamg‗armani to‗ldirishga, oltin-valyuta rezervlarini ko‗paytirishga 
yordam beradi. O‗zbekistonda eksport hajmi YaIMga nisbatan 23%. 
Ko‗pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo balansining ijobiy 
saldosiga erishish uchun xomashyo resurslari eksport qilinmoqda. 
Ammo xomashyoning eksportiga asoslangan iqtisodiy siyosat natijasida 
davlat tashqi bozordagi o‗zgarishlarga va narx-navo dinamikasiga 
bog‗liq bo‗ladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida xomashyo narxlari 
haddan ziyod pasaydi va bu holat arzon xomashyo eksportini vujudga 
keltirdi.
Valyuta kursini o‗rnatishda to‗lovga qobiliyatlilik bilan birga 
quyidagi nazariyalar ham qo‗llaniladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin