O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Muhokama uchun savollar 
1.
Xalqaro savdo mohiyati va tushunchasi. 
2.
Xalqaro savdoning nazariy asoslariga kimlar tomonidan asos 
solingan? 
3.
 
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro savdoning jadal 
rivojlanishiga qanday omillar ta‘sir ko‗rsatgan?
 
4.
 
Sizning fikringizcha, XXI asrda tashqi savdoning rivojlanishiga 
asosan qanday omillar ta‘sir ko‗rsatadi?
 
5.
 
Mintaqaviy integratsion jarayonlarning kuchayishi xalqaro 
savdoning rivojlanishiga qanday ta‘sir ko‗rsatmoqda?
 
6.
 
Mutlaq ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
 
7.
 
Nisbiy ustunlik nazariyasini tushuntirib bering.
 
8.
 
Xalqaro savdoning qanday yangi rivojlanish nazariya va modellari 
mavjud?
 
9.
 
Xalqaro savdo nazariya va modellarining amaliy tatbiqini 
tushuntirib bering.
 
 

 
 


315 
 
 
XV BOB. IQTISODIY O„SISH TO„G„RISIDAGI NAZARIYALAR 
15.1.Iqtisodiy o„sish to„g„risidagi dastlabki nazariyalar 
Makroiqtisodiyotga berilgan e‘tibor va taqsimot masalalari 
Rikardoning 19-asrning 1 choragida olib borilgan ta‘limotlaridan tortib 
to 1930-yillarigacha, ya‘ni sanoatlashgan dunyoni larzaga solgan Buyuk 
depressiya sharoitlarigacha o‗z ustunligiga ega bo‗lib keldi.
Josef Shumpeter iqtisodiy ta‘limotlar tarixi bo‗yicha o‗zining 
mashhur kitobida (iqtisodiy o‗sishga oid g‗oyalari) iqtisodiy o‗sishga 
doir fikr bildiruvchi iqtisodchilarning ikki turi: optimistlar hamda 
pessimistlar mavjudligini aytib o‗tadi. U bozor iqtisodiyoti iqtisodchilari 
Maltus, Rikardo va Jeyms Mill singari kuchli pessimist guruhlari 
o‗rtasiga tushib qolishini nazarda tutadi. Shu kabi bozor iqtisodiyoti 
olimlari hattoki, ijara haqi oshayotganda ham tushum miqdorining 
kamaytirilishini va iqtisodiyot gullab-yashnayotgan statsionar holat 
tomon borishini yoqlashadi. Shuningdek, ular iqtisodiyot o‗tgan 
davrlarga qaraganda yuqori sur‘atlarda o‗sayotgan sharoitlarda ham 
ushbu fikrlarida turib olishadi. Shumpeter ta‘kidlab o‗tganidek, ular 
―Texnologik yangilanish va kapital darajasidagi o‗sish kabi jarayonlar 
oxir-oqibat tushumlar miqdoridagi kamayishlarni aks ettiruvchi adolatli 
qonun ustidan murosaga kelishini ta‘kidlab o‗tadilar‖
74

Asosiy bozor iqtisodiyoti olimlari ichida bunga istisno tariqasida 
J.S.Mill maydonga chiqdi, u Maltus va Rikardo qarashlarida aks etgan 
iqtisodiy o‗sish va texnologik jarayonlar haqida ko‗proq fikr bildirib, 
davomiy iqtisodiy o‗sish nazariyasi to‗g‗risida o‗zining optimistik 
fikrlarini keltirdi. Ammo Mill qarashlarini yaqindan o‗rganish u 
texnologiya va kapitalning davomiy sur‘atlarda rivojlanishi to‗g‗risida, 
ya‘ni har qanday jamiyatlar o‗zining tug‗ilish darajalarini cheklab 
borishini hamda shundan kelib chiqqan holda marjinal daromadlar 
miqdorining muqarrar tarzda kamayib borishining sekinlashishi 
kerakligini asoslab bera olmaganligini tasdiqlaydi.
Mill umrining oxirlariga kelib, pessimistik g‗oya vakiliga aylandi. U 
statsionar holat yaqin kelganligiga ishonch hosil qilgandek bo‗lib 
ko‗rindi. Ammo ushbu holat yetarlicha yomon natijaga yetaklaganligini 
74
J. A. Schumpeter, 
History of Economic Analysis 
(New York: Oxford University Press, 1954), p. 571.


316 
ko‗ra olmadi. U statsionar holatni ijtimoiy tenglik hamda o‗rtacha 
rivojlanish darajasiga ega bo‗lgan qulay holat sifatida ko‗rdi. Bu kabi 
holatni keltirib o‗tishi aniq bir hol edi, chunki u daromadlar 
taqsimlanishi ijtimoiy hamda iqtisodiy kuchlar tomonidan aniqlanishi 
shartligini ifodalab o‗tgan edi.
Bu Genri Kerri (1793-1879) va Fridrix List singari noortodoks 
iqtisodchilarning optimistik qarashlarini qo‗llab-quvvatlashga bo‗lgan 
nazariyalariga teskari holat edi. 12-bobda ta‘kidlab o‗tilganidek, 
iqtisodchi List o‗z nazariyasi orqali empirik kuzatuv va tarixiylik 
metodini qo‗llagan nemis tarixiy maktabi namoyondalaridan biri edi. 
Iqtisodiyot o‗zining o‗tgan davriga qaraganda yuqori sur‘atlarda 
rivojlanayotganligini seza olganligi sababli ham iqtisodiy o‗sish cheksiz 
tarzda davom etib borishiga ishonch hosil qilish unga hech qanday 
qiyinchilik tug‗dirmagan. Karri yuqoridagi nazariyani rad etgan hamda 
tarixiylik va empirik kuzatuv metodlarini yoqlab chiqqan Amerika 
iqtisodchisi hisoblanadi. 
Optimist iqtisodchilar List va Barey savdo tariflarining joriy 
etilishi kerakligini bildirishganida pessimist iqtisodchi Rikardo 
tomonidan erkin savdoning qo‗llab-quvvatlanishi qiziq bir holat edi. Bu 
farq esa nazariyaning amaliyotdan yiroqligini va farazdan foydalanish 
zarurligini nazarda tutdi. Rikardoning nazariy asoslangan ―qiyosiy 
ustunlik modeli‖ erkin savdo siyosatining ustunlik tomonlarini aks 
ettirdi. Ammo modelning statik ko‗rinishi savdo tushumlariga erishilgan 
bir paytda, iqtisodiy o‗sish to‗xtab qolishi mumkinligini ifodalar edi. 
List va Kerri nazariyaga kamroq, lekin kuzatish va tarixiylik metodlariga 
ko‗proq e‘tibor qaratdilar. Iqtisodiyotning bevosita kuzatuvlari 
texnologiyaning muhimliligini va uzluksiz iqtisodiy o‗sish ehtimoli 
bo‗lishligini aniqlab berdi. Mazkur texnologiyalarni tariflar orqali 
tartibga solish muhim ekanligi taklif etildi. Smitning savdo mehnat 
taqsimotini yo‗lga qo‗yish orqali texnologiyalarni takomillashtirishi
shuningdek, hamma uchun foydali bo‗la olishligi to‗g‗risidagi qarashlari 
ustida bahs olib borish ancha qiyin masala hisoblanadi; Ushbu davrning 
bozor iqtisodchilari List va Kerrining fikrlariga qarshi hujum qilishdi 
hamda iqtisodchilar nazariy xatolarga yo‗l qo‗yganliklarini ko‗rsatib 
o‗tishdi. Ammo bozor iqtisodchilari List va Kerri qarashlarining asl 
mohiyatini, ya‘ni kamayib boruvchi marjinal daromadlar texnologik 
jarayonlar orqali butunlay ustunlikka ega bo‗lishini tushuna olishmadi. 
Zamonaviy iqtisodiyot namoyondalari ham Marksning iqtisodiy o‗sishni 
o‗zida ifodalagan qarashlariga e‘tibor berishmadi.


317 
Yangi klassik iqtisodiyot shakllanib borishi natijasida iqtisodiy 
o‗sishga qaratilgan e‘tibordan chetlanishlar tezlasha bordi. Alfred 
Marshalldan istisno tariqasida, yangi klassik iqtisodchilari Millning 
iqtisodiy o‗sish qarashlarini e‘tirof etdilar hamda statik tenglik 
tushunchasiga alohida e‘tibor qaratib o‗tdilar. Mill va Marshall fikrlariga 
ko‗ra texnologik jarayonlar takomillashuvi iqtisodiy o‗sish holatini 
vaqtinchalik keltirib chiqarishi, ammo qishloq xo‗jaligi va xomashyo 
materiallari misolida olib qaralganda kamayib boruvchi daromadlar 
qonuni oxir-oqibat ustun kelishi aks ettirilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin