O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
 
 
77
O„sha manbaa
., 142-b 
78
O„sha manbaa
., 147-b.


321 
Yetarlicha iste‟mol qilmaslik bo„yicha bahs-munozaralar 
 
Iqtisodiy o‗sish nazariyasiga qiziqish bilan parallel tarzda bozor 
iqtisodiyoti ish bilan to‗liq ta‘minlanganlikni ham yarata oladimi hamda 
mavjud zaxiralardan to‗la quvvatda foydalana olish uchun davlat 
iqtisodiyotga 
aralashishi 
lozimmi, 
degan 
xavotirlarning 
ham 
shakllanishiga olib keldi. Merkantalistlar mahsulot ishlab chiqarish va 
xizmatlarni taqdim etish salohiyatini belgilab beruvchi kuchlarni tubdan 
anglab yetishni va ishlab chiqarish darajasi o‗zining potensial darajasiga 
ko‗tarilganligini aniqlab olishni istar edilar. Ko‗pchilik merkantalistlar 
shaxsiy va umumiy qiziqishlar o‗rtasidagi fundamental qarama- 
qarshiliklarni yaxshi bilishar edi va shuning uchun hukumat 
iqtisodiyotga aralashmasa, u tanazzulga yuz tutishiga ishongan edilar. 
Ularning bahsi ikki xil ko‗rinishda edi: birinchisi, Djon Boden fikrini 
qo‗llab-quvvatlovchilar 
bo‗lib, 
unga 
ko‗ra 
shaxsiy 
qiziqish 
monopoliyaga olib kelardi va monopoliya o‗z navbatida ishlab 
chiqarishni cheklab qo‗yardi; ikkinchisi esa, muayyan alohida shaxslar 
xorijiy mollarni sotib olishsa yoki saqlasa, mahalliy mahsulotga bo‗lgan 
talab pasayib, iqtisodiyot zaiflashishi mumkin, degan fikrni ilgari surgan 
edilar.
Merkantalistlar iqtisodiyot to‗lov balansi me‘yorini namoyish etishi 
va davlatning pul zaxirasini ta‘minlovchi oltin miqdorining oshishiga 
olib kelishi uchun hukumat mahalliy va xorijiy savdoni tartibga solishi 
kerak, degan fikrda edilar. Merkantalizm klassik iqtisodiyotni shakl-
lantirganidan so‗ng iqtisodiyotga hukumatning aralashuviga bo‗lgan 
munosabat ham keskin o‗zgardi. Ilgarigi merkantalistlardan farqli 
o‗laroq, Adam Smit raqobatbardosh bozor kuchlari ―ko‗rinmas qo‗l‖ 
tomonidan boshqarilishiga qaramasdan umumiy manfaatlar uchun 
xizmat qilishi sababli shaxsiy manfaatlardan ko‗ra sezilarli darajada 
kuchliroq ekaniga ishonar edi. U boshqa merkantalistlarning monopoliya 
ishlab chiqarishni pasaytiradi, degan fikriga qo‗shiladi, ammo uni 
nazorat qilishga mo‗ljallangan usullar, ya‘ni hukumatning savdo va 
monopoliyalarni nazorat qilishi masalani yaxshilash o‗rniga yanada 
yomonlashtirishini ta‘kidlab o‗tgan. Shunday qilib, u mavjud 
zaxiralardan to‗liq foydalanish uchun eng maqbul siyosat bu "lesse-
fer"ga va raqobatga tayanish, degan fikrni ilgari suradi. Smit bozorlarni 
gullab-yashnashiga zamin yaratuvchi "lesse-fer" siyosati ish taqsimotini, 
ixtisoslashuvni va texnologik taraqqiyotni qo‗llab-quvvatlash orqali 
iqtisodiy o‗sishni yuzaga keltiradi. deb ta‘kidlablaydi. O‗sishni yuzaga 
keltirish borasida fikr yuritganda Marks ham ushbu tendensiyaga alohida 


322 
urg‗u berib o‗tgan. Lekin Marks o‗z tahlillaridan turli xulosalar 
chiqargan. U o‗z e‘tiborini iqtisodiy o‗sishga sabab bo‗luvchi olingan 
foydaning noteng taqsimotiga va uning siyosiy va ijtimoiy sohalarga 
bo‗lgan ta‘siriga qaratgan.
Smit va boshqa klassik iqtisodchilar merkantalistlarning 
g‗oyalariga qarshi chiqishdi. Ular jamg‗arilgan mablag‗lar avtomatik 
tarzda sarmoya xarajatlariga aylantiriladi, degan fikrni ilgari surishgan, 
chunki mablag‗ni jamg‗araman degan qarorga kelishning o‗zi sarmoya 
kiritaman degan qarorga teng, deb ta‘kidlashgan. "Lesse-fer" iqtisodiyoti 
mavjud zaxiralardan to‗liq foyladanish imkonini yaratadi, degan taklif 
fanda Sey Qonuni, deb yuritiladi va bu klassik va neoklassik iqtisodiy 
g‗oyaning markaziy elementiga aylandi. Klassik iqtisodchilar ham savdo 
balansini yuritish orqali oltin zaxirasini boyitish lozim, degan 
merkantalistik bahslarga qarshi hujum tashkil etishgan hamda 
mamlakatning boyligi qandaydir bir qimmatbaho metall yordamida 
emas, balki sof ishlab chiqarish orqali o‗lchanishini ta‘kidlashgan va 
erkin savdoga yo‗l ochish bilangina davlat xorijiy raqobatdan ustun 
kelishi mumkinligiga e‘tibor qaratishgan.
Klassik iqtisodchilar, xususan, Smit va J.S. Mill bozor kuchlari a‘lo 
darajada ishlamasligini va alternativlariga qaraganda yaxshiroq faoliyat 
olib borgan bozor saqlanib qoladi, degan fikrga qo‗shilishadi. Tomas 
Maltusdan tashqari 1800-yildan 1930-yilga qadar olib borilgan biznes 
doiralari tahlillari bid‘at, deb qaralgan va Karl Marks, Mixail Tugan-
Baranovskiy va J.A. Xobson kabi iqtisodchilar faoliyatiga asosiy 
bo‗lmagan oqim sifatida qarab kelingan. Bozorlar iqtisodiyotni nazorat 
qilishi mumkin, degan klassik yondashuv iqtisodiy talabni monetar va 
moliyaviy kuchlardan haqiqiy kuchlarga yo‗naltirdi hamda makro-
iqtisodiy masalalarning klassik tahlili haqiqiy va nominal kuchlar 
o‗rtasidagi dixotomiyani qabul qildi
79
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin