O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 Qat‟iy belgilangan paritet va kurslar nazariyasi 
Bu nazariya tarafdorlari (J.Robinson, J. Bikerdayk, A.Braun, 
F.Grexem) qat‘iy belgilangan paritet rejimini qo‗llashni taklif qilishgan. 
Bunda to‗lov balansi muovazanatini saqlash uchungina kursning 
o‗zgarishiga yo‗l qo‗yilgan. Ularning fikricha, valyuta kursining 
o‗zgarishi – to‗lov balansini tartibga soluvchi samarali vosita emas
chunki tashqi bozordagi narxlarning o‗zgarishiga valyuta kursining 
o‗zgarishi yetarlicha ta‘sir qilmaydi. Bu nazariya Bretton-Vuds tizimi 
prinsiplarida o‗z ifodasini topgan. 
Suzib yuruvchi valyuta kurslari nazariyasi 
Bu nazariyaning mohiyati qat‘iy belgilangan valyuta kursiga 
nisbatan suzib yuruvchi valyuta kursi rejimining quyidagi ustunliklarini 
asoslashdan iborat: 


313 

To‗lov balansining avtomatik tekislanishi. 

Tashqi muhitga bog‗liq bo‗lmagan holda milliy iqtisodiy siyosat 
usullarining erkin tanlanishi. 

Valyuta spekulyatsisining oldini olish, chunki suzib yuruvchi 
valyuta kursida valyuta operatsiyasida qatnashuvchi tomonlar foydasi 
nolga teng bo‗ladi, ya‘ni biri foyda qilsa, ikkinchisi shu miqdorda zarar 
ko‗radi.

Xalqaro savdoni rag‗batlantirishi. 

Davlatning valyuta kursini o‗rnatishiga ko‗ra valyuta bozorining 
o‗rnatgan valyuta kursi yaxshiligi. 
Monetar iqtisodchilar fikriga ko‗ra valyuta kursi bozordagi talab va 
taklifga asosan erkin tebranib turishi lozim, davlat esa kursni tartibga 
solishi lozim emas. 
Valyuta kursi normativligi nazariyasi 
Bu nazariyaga ko‗ra valyuta kursi iqtisodiyotni tartibga soluvchi 
qo‗shimcha vositadir. Bunda egiluvchan kurs rejimi taklif qilingan 
bo‗lib, bu kursni davlat nazorat qilishi lozim. Bu nazariyaning normativ 
nazariya, deb atalishiga sabab bunda valyuta kursi paritetga va xalqaro 
tashkilotlar tomonidan belgilangan kelishuvlarga asoslanadi. 
Barcha valyuta kursi nazariyalari tarafdorlarini ikki guruhga 
ajratishimiz mumkin. Birinchi guruhdagilar eksportyorlar manfaatini 
himoyalash maqsadida valyuta kursini pasaytirishga qaratilgan davlat 
valyuta siyosatini yuritishni xohlasalar, ikkinchi guruhdagilar iqtisodiy 
qonun-qoidalar asosida valyuta kursini erkin tebranishi tarafdorlaridir. 
Ikkinchi 
guruhdagilar 
iqtisodiy 
muvozanatga 
davlatning 
aralashuvisiz erishishni ko‗zda tutadilar. Bunda valyuta kursi nazariyalari 
valyuta kursining oshishiga hamda iqtisodiy rivojlanishga yordam beradi, 
degan fikrni ma‘qullaydilar. Shuningdek, bu valyuta kursi nazariyalari 
asosida mamlakat iqtisodiyoti uchun to‗lovga qobiliyatlilik paritetiga 
nisbatan valyuta kursini tushirish davlat uchun foydali emasligini 
isbotlashgan.
Eksportyorlar tarfdorlari fikrlarini davlatning valyuta kursini 
pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarini (devolvatsiya) ma‘qullaydilar. 
Buning asosiy maqsadi eksportni rivojlantrish va to‗lov balansining 
ijobiy saldosini ta‘minlashdir. Lekin valyuta kursini o‗rnatishda barcha 
makroiqtisodiy parametrlarni (YaIM o‗sish darajasi, inflyatsiya va 
boshqalar) hisobga olish lozim.


314 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin