64
chiqara olmaydi
. U biron narsani ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab
chiqaruvchilar bilan munosabatda bo‗lishi kerak. Masalan, dehqonga
mehnat qurollari zarur bo‗lsa,
hunarmandlarga non kerak; dehqonga
ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsulotlari zarur.
Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo‗shchi va o‗roqchi,
mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga dehqon ham
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning
mehnat mahsulotiga
muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha,
dehqon o‗z mehnati bilan o‗z ehtiyoji uchun zarur bo‗lgan mahsulot
miqdoridan ko‗ra ko‗proq
ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab
chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy
ne‘matlar bilan ta‘minlaydi. Uning mana
shu fikri fiziokratlarning
―qo‗shimcha mahsulot faqat qishloq xo‗jaligida yaratiladi‖ degan fikriga
mos tushadi. Navoiy ―qishloq xo‗jaligining rivojlanishi mamlakat
qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi‖ degan ilg‗or fikrni ilgari
suradi. Bu fikr o‗sha davr, ya‘ni feodalizm rivojlangan,
uning negizini
dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to‗g‗ri fikr bo‗lib qolmaygina,
balki tarixiy haqiqat hamdir.
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan
ijobiy munosabatda bo‗lsada, mamlakat ichkarisida
ish yuritayotgan
savdogarlar, ya‘ni olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo‗lgan.
Uning fikricha, olibsotarlar
«o„ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi
... arzon olib, qimmat sotish»
, ya‘ni xalqning zarari hisobiga foyda
ko‗ruvchilardir.
Navoiy
intellektual mehnatni, ya‘ni olimlar va boshqa shu
kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur, deb ko‗rsatib berdi va ularni
o‗z mas‘uliyat va burchlarini sezishga
chaqirdi.
Dostları ilə paylaş: