63
mamlakatning iqtisodiy ahvoli mamlakat
hukmdorining aql-idroki va
qobiliyatiga bog‗liqligini uqtiradi. ―Agar mamlakat hukmdori fanlarni,
ayniqsa, iqtisodiyot, tarix, falsafa va siyosiy
fanlarni mukammal bilsa,
o‗zi boshqarayotgan mam-lakat obod va badavlat bo‗ladi, agar aksi
bo‗lsa, mamlakat qashshoq va xarob bo‗ladi‖, – deydi Navoiy. Keyin-
chalik jamiyatning rivojlanishida iqtisodchilarning
va davlat arbob-
larining ahamiyati katta ekanligini ingliz olimi J.M.Keyns ham qayd
qilib o‗tadi.
Navoiy mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda qishloq xo‗jaligi
ishlab chiqarishiga alohida e‘tibor berdi. Uning fikricha,
Markaziy
Osiyo sharoitida irrigatsiya inshootlarini kengaytirish – dehqonchilikni
rivojlantirishga olib keluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Shu bois,
juda ko‗p kanal va ariqlar qazildi. Asosiy ishlab chiqarish vositasi
bo‗lgan yerni kengaytirishga, uning unumdorligini
oshirishga katta
e‘tibor berildi.
Navoiy boylikni ikki yo‗l bilan topish mumkinligini ta‘kidlaydi.
Birinchi yo‗l bu o‗z mehnati bilan boylik to‗plash, yig‗ish va o‗ziga to‗q
yashash. Bunday boylikni u qo‗llab-quvvatlagan. Navoiy olingan
boylikni uch qismga bo‗lib, uning birinchi qismini ketgan xarajatlarga,
ikkinchi qismini o‗zining
va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini
esa aholining ijtimoiy manfaatlariga sarflashni tavsiya etgan. Navoiy
ko‗pgina madrasa,
shifoxona, hammom, ko‗prik va boshqalarni o‗z
hisobidan qurdirgan. Boylik topishning ikkinchi yo‗li bu o‗g‗irlik,
ta‘magirlik va zo‗rlik hisobiga boylik orttirishdir. Navoiy bunday boylik
orttirish nomaqbul usul ekanligini uqtiradi.
Navoiy
o‗zining
Dostları ilə paylaş: