56
sulolaning siyosiy dasturi bo‗lib, unda O‗rta asrlarda O‗rta
Osiyo va
Eronda VI asrdan to XI asrgacha sodir bo‗lgan muhim siyosiy voqealar
bayoni
va
g‗oyaviy-mafkuraviy jarayonlar yuzasidan tarixiy
ma‘lumotlar keltiriladi. Asarda uchraydigan tarixiy-falsafiy va davlat
boshqaruviga oid ma‘lumotlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- siyosiy tarixga oid ma‘lumotlar
- ijtimoiy-iqtisodiy hayotga doir ma‘lumotlar;
- ma‘naviy hayotga tegishli ma‘lumotlar;
- islom mazhablari o‗rtasidagi kurashlar tarixiga oid ma‘lumotlar;
- boshqaruvning diniy va dunyoviy tamoyillari;
- siyosat falsafasi, o‗zini o‗zi boshqaruv institutlari.
Qonun ustuvorligining siyosiy-amaliy jihatlari qonunlarning
podshoh va sultonlar tomonidan qabul qilinishi siyosiy faoliyat bo‗lib,
ular xalq (raiyat) hayoti bilan bog‗liq.
Birinchidan, podshoh tomonidan farmonlar yozilib,
xalqqa
tanishtirib boriladi. Bu oddiy hol bo‗lib ko‗rinsada, hozirgi
siyosatshunoslik uchun ham qo‗l keladi. Biroq u jamiyat hayotiga
monand tarzda mudom ishlab turishi shart. Ana shunda siyosiy
institutlar, shu jumladan, ularning ijrosini ta‘minlovchi
idoralar ham
hayot talablaridan orqada qolmaydi.
Ikkinchidan, agarda farmonga salbiy munosabat bildirilsa yoki
uning ijrosi cho‗zilib ketganligi to‗g‗risida xabar yetsa, podshoh mas‗ul
va mutasaddi shaxslar uchun jazo belgilagan (ular o‗z yaqinlari bo‗lsa
ham). Chunki markazlashgan davlat siyosati shoh farmoniga so‗zsiz
itoat etishni talab qiladi. Bu o‗sha davrning eng oliy siyosati edi, albatta.
Uchinchidan, shoh, sulton farmonlari barchaga taalluqlidir, uni
hatto hukmdorga yaqin odamlar ham buzishi mumkin emas. Shuning
uchun ham Nizomulmulk qonun va siyosat oldida hammani teng, deb
qaragan. "Siyosatnoma" asarida davlat
boshqaruvi haqida keng fikr
yuritilgan, undagi rivoyatlar, hikoyatlar, aforizmlar Nizomulmulkning
jamiyat va davlatni boshqarish, falsafa,
axloq masalalariga oid
javoblaridir. Asarda jamiyat va davlatni boshqarish masalalari falsafiy-
axloqiy yondashuv orqali ochib berilgan. Donishmandning siyosiy-
falsafiy qarashlarida podshoh (sulton), xalq (raiyat) va shaxs (fuqaro)
o‗rtasidagi munosabatlarda uyg‗unlikni ta‘minlash asosiy o‗rinda turgan.
Nizomulmulk markazlashgan davlat qurish tarafdori edi. To‗g‗ri, u
markazlashgan davlat barpo etish uchun ijtimoiy-siyosiy loyihalar,
istiqbolli dasturlarni tavsiya qilmaydi, ammo islohotlar o‗tkazishni
o‗rtaga tashlaydi. Uning mushohadalari podshoh (sulton)
bilan xalq
57
(avom), amaldor (xizmatchi)lar bilan kishi (fuqaro)lar o‗rtasida murosa
munosabatlarini qaror toptirishga qaratilgan.
Insonparvar podshoh davlatni uzoq boshqaradi, xalq farovonligini
o‗ylaydi, zo‗rlik ishlatmaydi. «Kim insonparvarlikka chindan intilsa, u
hech qachon yomon ishlar qilmaydi...
Kim insoniylikni sevsa, undan
yuqori narsa yo‗q, deb hisoblaydi», degan g‗oyani o‗z davrida alloma
Konfutsiy ilgari surgan edi. Bunday g‗oyalarni Nizomulmulkda ham
kuzatish mumkin. Demak, insonparvarlik shaxslararo munosabatlar-
dangina
iborat emas, u jamiyat va davlatni boshqarishga ham taalluqli
voqelikdir. To‗g‗ri, ba‗zan Nizomulmulk insoniylikni kichiklarning
kattalarga hurmat ko‗rsatishi, deb ham talqin qiladi. Keyin ushbu
talqinni podshoh (sulton) va xalq (raiyat), amaldor (xizmatchi) va fuqaro
(inson), davlat va shaxs munosabatlariga ko‗chiradi. Qanday bo‗lmasin,
jamiyat
va
davlatni
boshqarishda
insoniylik,
insonparvarlik
tamoyillariga tayanishga da‗vat - Nizomulmulk ijodidagi olijanob
jihatdir. Xalq, odamlar, amaldorlarning qanday sifatlarni o‗zida
shakllantirishi yoki ulug‗lashi podshoh (sulton)dagi fazilatlarga bevosita
bog‗liqdir. Bu o‗rinda Sharq xalqlariga xos bo‗lgan «aravaning
katta
g‗ildiragi qayerdan yursa, kichik g‗ildirak ham shu yerdan yuradi»,
degan maqol esga tushadi. «Xalqni o‗z ketidan ergashishga majbur
qilish mumkin, lekin u nima uchun majbur qilinayotganini bilmasa,
davlat uchun yomondir». «Hukmdor o‗z axloqini tuzatmasa,
u kichik
odam, xalq axloqini ham tuzatolmaydi», "badaxloqlik oxir-oqibatda
davlatni, boshqaruvni tanazzulga olib keladi..."1 Bunday siyosiy
qarashlar Nizomulmulk asarining maqsadini ifoda qiladi.
Dostları ilə paylaş: