Abu Ali Ibn Sino
(980–1037)
52
mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy
g‗oyalar ham o‗z aksini topgan. Sharq uyg‗onishi davrida yashab ijod
qilgan olimlar o‗z asarlarida shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini
bayon etganlar. Ularning ko‗plari hozirgi kunda ham o‗z ahamiyatini
saqlab kelmoqda.
Ibn Sino nafaqat oila doirasidagi, balki shahar va hatto davlat
miqyosidagi daromad va xarajatlar balansi to‗g‗risida ham fikr yuritadi.
Uning fikricha, davlat tabiiy ofat yoki urush bo‗lish ehtimolini hisobga
olib, unga mablag‗ ajratgan holda daromad va xarajatlar balansiga
erishishi zarur.
Ibn Sino ideal davlat to‗g‗risida fikr yuritib, uni quyidagicha
tavsiflab beradi:
1)
hamma o‗z foydasini ko‗zlab mehnat qilishi kerak;
2)
bu davlatda barcha moddiy boyliklar shunday teng taqsimlanishi
kerakki, unda juda katta boylik va ashaddiy kambag‗allik bo‗lmasin;
3)
barcha kishilar halol mehnat bilan shug‗ullanishi va halol savdo
qilishi sababli urushadigan odamlar bo‗lmaydi va urushlar tugatiladi,
davlatlar o‗rtasidagi siyosiy bahslar esa tinch yo‗l bilan hal etiladi;
4)
ideal davlatda odamlarda hamma narsa muhayyo bo‗ladi,
shuning uchun ular bir-biriga qarama-qarshi bo‗lmaydilar, quvnoq
ashula va musiqani yaxshi ko‗radilar, uzoq vaqt qarimaydilar.
Ibn Sinoning ideal davlat to‗g‗risidagi qarashlari Platonning
«Qonun»larida, Aristotelning «Afina siyosatchilari»da, Forobiyning
«Saxovatli shahar aholisining qarashlari to‗g‗risida traktat»ida aytilgan
fikrlariga ko‗p jihatdan o‗xshab ketadi.
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari
Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis
Yusuf Xos Hojib 1020-yili Qoraxoniylarning
markaziy shaharlaridan biri Bolasog‗unda tug‗il-
di (olamdan o‗tgan yili noma‘lum). Bo‗lajak
mutafakkir o‗z davridagi barcha bilimlarni, arab
va forsiy tillar hamda ushbu tillarda yozilgan
adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070-yillar orasida «Qutadg‗u
bilig» (Qutga, ya‘ni baxt- saodatga erishtiruvchi
bilim) asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar
hukmdori Tabg‗ochxon Bug‗roxonga taqdim
Yusuf Xos Hojib
1020-yil
53
etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og‗asi) degan martabani in‘om
etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni
mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma‘muriy-xo‗jalik
hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma‘naviy va davlatni tadbir bilan
boshqarish ishini o‗rganish, kasb-hunar egallash, xalq g‗amini yeyish
haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari
yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to‗planganki, ularga
qoyil qolmay iloj yo‗q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy
muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining
barcha jabhalari bo‗yicha so‗z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar
bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g‗oyalar o‗z davri uchun ham,
hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot
masalalari bo‗yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab
o‗rganilgan. Asar 18 oy – bir yarim yilda yozib tugallangan
(Bolasog‗unda boshlangan va Qashqarda nihoyalangan) bo‗lsa ham uni
yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko‗rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina
yetishib bo‗lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali
faoliyat ko‗rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi
bilimlarga to‗qnashib, odam bilishi mumkin bo‗lmagan narsa, bilim
bilan yechilmaydigan jumboq yo‗q, bilim tufayli osmon sari ham yo‗l
ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o‗rganish lozimligini
uqtiradi.
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta‘limotiga ko‗ra
(XVIII asr) mamlakatni iqtisodiy tanglikdan chiqarish uchun 3 narsa:
1. Tinchlik-osoyishtalik.
2. Me‘yordagi soliqlar.
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.
Ana shu g‗oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval
bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to‗lovchilar) mamlakat hukmdoridan
uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:
1) pulning qadrini ko‗tarish yoki ushlab turish;
2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta‘minlovchi qonunlarni joriy
etish;
3) yo‗llarni o‗g‗ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.
Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to‗lashni (hozirgi kunda ham
nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon, qonunlarini bajarish hamda
do‗stiga do‗st, dushmanga dushman bo‗lishni talab qiladi, deb yozadi.
54
Ko‗rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o‗zaro mutanosib
bo‗lishi zarurligi g‗oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo‗lishi haqidagi g‗oya, aslini olganda inflyatsiya
muammosi bilan chambarchas bog‗liq, baholarning mo‗tadilligi ham
ta‘minlanadi. U o‗z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi
valyuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta‘minlash bozor munosabatlarining bosh
unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon
rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham
jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga
ommaviy o‗tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho‗rolar davrida
boshimizdan kechirganmiz. Yo‗llarni o‗g‗rilardan muhofaza qilish ichki
va ayniqsa, tashqi savdo (eksport-import) ni ta‘minlash va qo‗llab-
quvvatlashning o‗zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo‗jaligi uchun
ustuvor ahamiyati to‗g‗risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag‗al tabaqalar
ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi
tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr-shafqatli, insof-adolatli,
marhamatli bo‗lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo‗ysunuvchi,
sadoqatli bo‗lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo‗li bilan
osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj
uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g‗oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo‗l keladi. Unda
mulk tutishning siru asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti,
shuningdek, mol-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab-yashnashi va
uning xarob bo‗lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa, kasb-hunar
ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi
xuddi shu masalaga bag‗ishlangan. Vazir, qo‗mondon, elchi va boshqa
hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan,
«Vazir ko‗zining to‗q bo‗lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan
asraydi. Ko‗zi och odam bor olamni yesa ham to‗ymaydi», deydi olim.
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to‗g‗risida nodir
fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo‗lgin hamisha, to tomoq
tashvishin bilmasdan yasha», shuningdek, ayniqsa bilim va aql-idrokka,
shu soha sohiblariga katta e‘tibor berib: «Odamzod naslining ulug‗ligi
bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir», deb
yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko‗pchilikka tegib turadi. Bilim
egalari esa elda aziz bo‗ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o‗quv-idrok
55
bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi.
Ko‗rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo‗yicha tanlangan
o‗z yo‗nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari
tajribasini o‗rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan
yo‗limizning to‗g‗riligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |