3.6. Zahiriddin Muhammad Bobur va
Boburiylar davri
Buyuk davlat arbobi, qomusiy olim
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530)
va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy,
iqtisodiy va huquqiy masalalarda katta
ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530)
65
bitiklardan ma‘lum. Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida,
«Mubayyin» kabi to‗plamlarida iqtisodiyotga oid ma‘lumotlar, shu
jumladan, soliq siyosatiga katta o‗rin berilgan. «Zakot to‗g‗risidagi katta
kitob» da esa o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli
fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, ulardan
mamlakatimizning bugungi hayotida ro‗y berayotgan iqtisodiy
islohotlarni, o‗zgarishlarni tahlil qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish
va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, maslahatlar topamiz.
Ayniqsa, iqtisodiyotga uning umumiy asoslari bo‗lmish ishlab chiqarish,
shuningdek, savdo va tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq
bo‗lgan qarashlari e‘tiborga molik. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning
hayotimizda Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni
tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o‗z hukmronligi
davrida yuritgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‗lmasa
ham, ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday
qisqacha xulosalarga kelish mumkin: u buyuk mutafakkir, qomusiy olim
sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va
davlat hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning
uchun ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy
jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yuritgan, buning oqibati o‗laroq u
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy
-ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi.
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‗rinni
egallagan.
Boburning «Mubayyin» asari to‗la ravishda qonunlar va iqtisodiy
masalalarga bag‗ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi»
ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va
Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayyan shart-
sharoitlarda olinadigan soliq ma‘nosida qo‗llaniladi hamda naqd pul va
savdo yig‗imi shaklida to‗planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish
obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli
bo‗lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan
soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta
66
to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan:
muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq
bo‗lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‗lgan, ikkinchi esa, soliq
solinadigan yerning maydoniga bog‗liq ravishda olingan. Yerni
sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda
quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‗orishni talab etganligidan
sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu
sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar
sug‗orish davrida chig‗ir qursang, olgan hosilning o‗ndan birining
yarmini (5%) soliq uchun to‗lashing kerak», ya‘ni sug‗oriladigan
yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‗g‗ridir.
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‗imlar tamomila
islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur‘oni Karim,
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar,
ya‘ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‗ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 qo‗ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‗lsa har 100 qo‗ydan bittasi zakot
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‗la bayon qilinadi. Bobur
savdo-sotiqning xalqlar o‗rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur
tushungan. Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‗llarda talash,
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga
ayovsiz munosabatda bo‗lgan. Bu siyosat Amir Temur, Mirzo Ulug‗bek
va boshqa temuriylar siyosati bilan ma‘lum. O‗sha davrda Bobur
savdogarlardan olinadigan savdo yig‗imining ham adolatli va xolisona
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining
savdo aylanmasidan savdo yig‗imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1
misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga
nisbatan kamayib borgan, ya‘ni daromad ko‗payishi bilan soliq
kamaygan va boylik jamg‗aruvchilar uchun o‗ta manfaatli bo‗lgan.
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‗llash foydadan xoli emas.
67
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‗im esa ularning qaysi
yurtlardan
kelganligiga
bog‗liq
bo‗lgan.
Agar
ular
islom
mamlakatlaridan kelgan bo‗lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan
bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‗lmagan
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu
mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab
chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‗llanib kelindi va
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur
iqtisodiy g‗oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni
ko‗zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy
salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‗lgan bizlarda unga nisbatan
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi.
Ulug‗ bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‗oyalar
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yuritgan iqtisodiy siyosat tizimi
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli
ma‘naviy tayanch bo‗lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy
dunyoqarashini o‗rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish
foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi
davrida mamlakatga sharob keltirish ta‘qiqlangan, ya‘ni iqtisodiyotda
proteksionizm siyosati qo‗llanilgan. Boburdan keyin uning o‗g‗li
Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605)
1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan.
Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‗tkazildi,
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‗irlik
o‗lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‗g‗risida 1601-yil «Akbarnoma»
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: |