84
ko‗ramiz. Masalan, ular pul boylik o‗lchovi emasligini, barcha davlatlar
bir vaqtning o‗zida ijobiy savdo balansiga ega bolishi mumkin
emasligini, uzoq vaqt mobaynida hech bir davlat ijobiy savdo balansini
ushlab turishi mumkin emasligini, savdo har ikki davlatga ham foydali
bo‗lishi va ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti davlatlarga ustunlik
keltirishi
mumkinligini
tushunishgan.
Davlatning
iqtisodiyotga
aralashuvini kamaytirishni taklif etgan olimlar soni tobora oshib borar,
shu tariqa ko‗pgina adabiyotlarda klassik liberalizm g‗oyalari
boshlanayotgan edi.
Biroq klassiklardan oldingi hech bir iqtisodchi bozor iqtisodiyoti
ishlashini, ya‘ni narxlar qanday shakllanishi va cheklangan resurslar
qanday taqsimlanishini bir-biriga bog‗langan yagona qarash sifatida
shakllantira olmadi. A.Smit merkantilistlar yetisha olmagan tushun-
chalarni anglab yetdi. Merkantilistlar shaxsiy manfaat va xalq
farovonligi o‗rtasida qarama-qarshilik mavjud, deb hisoblashgan.
Shuning uchun ularning fikricha, davlat shaxsiy manfaatni xalq
farovonligi tomon yo‗naltirishi kerak. Klassik iqtisodchilar esa tizimda
tabiiy uyg‗unlik borligiga ishonishgan va xalq farovonligi tabiiy
ravishda shaxsiy manfaatdan kelib chiqadi, deb hisoblashgan.
15
Dostları ilə paylaş: