80
yozganligi ma‘lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli
bo‗lgan quyidagi g‗oyalarni ilgari surgan:
1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to‗la qimmatli pullar
bo‗lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli
hisoblanadi;
2) chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib
kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik
uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste‘mol
qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‗lgan tovarlarni
mamlakatga olib kirishni to‗liq man etishni tavsiya etdi.
T.Man 1630-yilda «Angliyaning tashqi savdodagi boyligi yoki
boylikni tartiblash sifatidagi tashqi savdo balansi» asarini yozdi. Unda
muallif pul muomalasini qat‘iy tartibga solish zararli ekanligini, pul
foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo‗lishini, pulning chetga erkin
chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib
bo‗lmasligini qayd qilib o‗tadi.
T.Man fikri bo‗yicha, boylikning manbayi faqat tashqi savdo
hisoblanadi, bunday boylikka «har yili xorijliklardan xarid qilgan
summadan ko‗ra, ularga ko‗proq sotish» yo‗li bilan erishiladi. U chetga
faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq
kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste‘mol qilishdan o‗zini
tiyishni tavsiya etadi.
Adam Smit o‗zining ―Millatlar boyligi...‖ asarining 4-kitobida
merkantilistlar nazariyasi va siyosatini keskin rad etgan, unda A.Smit
Tomas Manni merkantilistlar lideri sifatida keltirib o‗tgan. Angliyada
keyingi yetuk merkantilizm Tomas Man (1571–1641) asarlarida ifoda
etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o‗z davrining yirik
savdogari, Sharqiy Hindiston kompaniyasining direktori edi, bu
kompaniya tanqidchi yozuvchilar tomonidan 2 jihati bo‗yicha tanqidga
uchragan: 1) Angliya Hindistonga eksport o‗rniga import qilardi,
2) Angliya Import uchun Hindistonga qimmatbaho metallar yuboradi.
T.Man shaxsiy biznes manfaatdan foyda ko‗ruvchi hukumat siyosati
tarafdori, oddiy merkantilist edi. Uning birinchi kitobi ―Angliya va
Sharqiy Hindiston o‗rtasidagi savdo haqida (ma‘ruza)‖ deb nomlanib,
1621 – yilda nashr etilgan. Bu kitob sharqiy Hindiston kompaniyasini
Dostları ilə paylaş: