O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

 
Muhokama uchun savollar 
1. Forobiyning ―moddiy ehtiyojlar‖ to‗g‗risidagi ta‘limotining 
mohiyatini qanday tushunasiz? 
2. Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to‗g‗risidagi g‗oyasining 
mag‗zini chaqing. 
3. A.Temurning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqeyi va o‗rni 
nimadan iborat? 
4. A.Navoiyning boylik yaratish to‗g‗risidagi g‗oyasining o‗ziga 
xosligi nimadan iborat?
 
 
 


72 
 
IV BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA‟LIMOTI 
 
4.1. Merkantilizm tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni 
1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning 
yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining 
kelib chiqishiga asos bo‗ldi. 
Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro‗zg‗or, oila va ishlab 
chiqaruvchilar haqidagi g‗oyalarning oddiy izohlaridan iqtisodiy qonun 
va huquqlari bilan o‗zaro bog‗langan tizim shaklida murakkabroq 
qarashlar asosida rivojlana bordi. Biz o‗z mulohazalarimizni 3 bo‗lim- 
ga – merkantilizm, klassik iqtisodiy ta‘limotdan oldingi g‗oyalar va 
fiziokratizmga ajratib ko‗rib chiqamiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Har bir shaxs o„zi uchun iqtisodchidir 


73 
Merkantilizm davri har bir shaxs o‗z-o‗zi uchun iqtisodchi, degan 
aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma-xil bo‗lganligi sababli 
1500–1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. 
Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e‘tibor qaratgan bo‗lib, 
hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va sintezlab keyingi iqtisodiy 
g‗oyalarga turtki bo‗la oladigan fikrlarni yarata olmadi. 
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‗ida yaratilgan 
iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. 
Merkantilistlar adabiyoti G‗arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan 
iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‗lsa ham, uning asosiy g‗oyalari Ingliz va 
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan. 
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‗rta asr cherkov ruhoniylari 
tomonidan yozilgan bo‗lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar 
tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi 
masalalarga qaratilgan bo‗lib, odatda savdogarlarni qiziqtirgan 
muammolarga bog‗liq bo‗lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining 
haqqoniyligiga va alohida munozaralarning tahliliy ahamiyatiga shubha 
bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil 
muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday 
bo‗lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va 
miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha 
bo‗lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha 
oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalar tez orada 
tarqalib, 1776-yilda Adam Smit muallifligidagi ―Xalqlar boyligining 
tabiati va sabablari to‗g‗risidagi tadqiqot ― asariga asos bo‗lib xizmat 
qildi.
12
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning 
rivojlanishiga bo‗lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga 
asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning 
yemirilish davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi 
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi. 
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda 
etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. 
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni 
tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. 
Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-
12
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 61-b. 


74 
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya 
qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar 
bilan izohlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik 
sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini 
ta‘minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni 
import qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish; import qilinadigan 
sanoat tovarlariga proteksionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, 
tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish; ish haqining past 
darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. Milliy farovonlikning 
zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi shak-shubhasiz, 
merkantilizmning asosi hisoblanadi. 
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, uzoq yillar davomida 
boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va 
chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‗rib 
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‗zgardi. Avvalo, natural-
xo‗jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va 
madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk 
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi 
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Noekvivalent 
savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana 
shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‗rnini asoslab berishga 
uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning 
importdan ko‗p bo‗lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini 
rag‗batlantirish va jamiyat ishlarini qo‗llab-quvvatlash tushunchalari 
ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo‗shningni quritsang, go‗yoki millat boy 
bo‗ladi‖ kabi noto‗g‗ri siyosat ilgari surilgan.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin