Muhokama uchun savollar
1. Merkantilistlarning iqtisodiy g‗oyalarini tushuntiring.
2. Iqtisodiyotni tahlil qilishning merkantilistik va sxolastik yonda-
shuvlarini solishtiring va qiyoslang.
3. Nima uchun statistik ma‘lumotlarning ishlatilishi har qanday il-
miy soha uchun muhim hisoblanishini tushuntiring.
4. Nima uchun XVI asr davomida birdaniga bir necha iqtosodchilar
pulning miqdoriy nazariyasini rivojlantira boshlashdi?
86
V BOB.
KLASSIK IQTISODIY
MAKTABNING VUJUDGA KELISHI
5.1. Klassik iqtisodiy maktab paydo bo„lishining tarixiy shart-
sharoitlari va uning tavsifi
Merkantilizmning
yemirilishi
va
klassik
siyosiy
iqtisod
maktabining paydo bo‗lishi (Angliyada)
XVII
asrga to‗g‗ri keladi.
XVI
asrning o‗rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib
sanoatning ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda,
qishloq xo‗jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya
iqtisodiyotining rivojlanishi uni dunyoda eng rivojlangan mamlakatga
aylantirdi. XVIII asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish
munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‗jaligida
ham g‗alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga yo‗l ochib berdi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning
rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga
harakat qilgan kapitalistik tuzumning afzalliklarini nazariy jihatdan
asoslab beradigan iqtisodiy ta‘limotlar endi taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta‘limotlarni rivojlantirish
uchun, ya‘ni iqtisodiyotni obyektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit
yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit,
D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa
vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq qildilar. Haqiqatan
ham mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining
boshlanganini bildiradi. Uning klassik, deb atalishining asosiy sababi
eng avvalo, uning ko‗plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam
ilmiy bo‗lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir.
Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy
fan maqomiga ega bo‗ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod
maktabining dastlabki vakili U.Petti bo‗lsa, Fransiyada – P.Buagilber,
F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta‘limoti
A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.
Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda
ko‗rib chiqamiz.
87
Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida
ilgari surilgan iqtisodiy g‗oyalarni qamrab oladi. Bu asosan, Britaniyalik
yirik hissadorlar va uning faoliyat yo‗nalishiga to‗g‗ri kelgan. Klassik
maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan
―Odamlar boyligining tabiati‖, David Rikardo muallifligidagi ―Soliq va
siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari‖ hamda ―Siyosiy qonun-
qoidalari (prinsiplari)‖ nomli asarlaridir. Shuningdek, Rikardoning
kitobi chop etilgandan so‗ng qisqa fursatlarda bir qator neoklassik
nazariyaning kichik ko‗rinishlari paydo bo‗ldi. Jon Styuart Mill klassik
davrning oxirini izohlashga urindi, biroq u klassik qoidalarning
ba‘zilarini yoqlamagan (Smit, Rikardo va J.S.Millar tomonidan 1776-
yildan 19-asrning so‗nggiga qadar iqtisodiy nazariyalar boshqarib
turilgan – Smit 1776-yildan deyarli 1820-yilgacha, Rikardo 1820-yildan
deyarli 1850-yillargacha, J.S.Mill esa 1850-yillardan 1890-yillarga
qadar).
Ikki yangi iqtisodchi olimlar Maltus va Marks qarashlarining ba‘zi
jihatlari klassik yo‗nalishda bo‗lsada, ular klassik iqtisodiy maktab
tarafdorlari emas, balki tanqidchilar sifatida ko‗zga ko‗rinadi. Tomas
Maltusning ―Nufus nazariyasi‖ klassik nazariya bilan bog‗liq, biroq
Maltus nazariyalarida mulkdorlar sinfining o‗rni va mohiyati hamda
uning makroiqtisodiy aspektlari tahlilida ortodoksal klassik an‘analar
ta‘limoti ilgari suriladi. Maltusning ―Nufus nazariyasi‖ klassik iqtisod
vakillari bahs-munozaralariga asos bo‗ldi, biroq Maltus va Rikardo
o‗rtasidagi mehnat resurslarini avtomatik tarzda to‗la bandlikka erishishi
to‗g‗risidagi bahsli munozarani alohida tahlil qilib chiqamiz. Karl Marks
klassik iqtsodiyotdan ba‘zi elementlarni chiqarib tashladi, turli xil
istiqbolli va birqancha yangi tahliliy tushunchalar kiritdi va klassik
nazariyaga mutlaqo teskari xulosalar taqdim etdi.
Biz iqtisodiy tizim elementlarining o‗zaro bog‗liqligini tushuna
boshlash holatlarini keyinchalik merkantilistlar va hattoki, fiziokratlar
yozishmalarida kuzatdik.
Sxolastiklar
16
, fiziokratlar va merkantilistlarning iqtisodiy g‗oyalari
klassik iqtisodchilar tomonidan ko‗proq yoki kamroq birlashtirilgan
tizimlarga ajratilgan. Ko‗pchilik (asosiy) uyg‗un iqtisodiy tizimning
klassik ko‗rinishi merkantilist va sxolastiklar e‘tiqodidan keskin farq
qiladi; ularning e‘tiqodiga ko‗ra ixtiloflar intervensiya (davlatning ichki
ishlariga aralashuvi) yoki cheklovlar bilan xarakterlanadi.
16
Диний ва дунѐвий илмни тенг олиб борувчилар
88
Bozorlar boshqaruviga sangvinik (optimistik) qarash uning turli
aspektlari va tarmoqlanishlari klassik g‗oyalarning asosiy o‗ziga xos
xususiyatlaridan biridir.
Bozorlarning bir-biriga bog‗liq tanqisligi sababli kelib chiqadigan
ixtiloflarni mos ravishda yechimini topa oladigan qarash(nazariya) ilk
bor Fransiyalik fiziokratlar tomonidan olg‗a surilgan. Fiziokratlar fikriga
ko‗ra davlat hokimiyati hukumat nazoratisiz ish olib borishga ruxsat
berish siyosati – iqtisodiyotga aralashmaslik haqida umumiy qonunlar
qabul qilishi kerak edi. Sxolastlar bu holat cherkov uchun iqtisodiy
faoliyatni va madaniyatni boshqarishda, tartibga solishda qo‗l keladi,
deb hisoblashsa, merkantilistlar hukumat aralashuvi muhimligini
yoqlaydi, klassiklar esa fiziokratlar singari erkin, (har qanday)
boshqaruvlarsiz bozorlarni maksimum alohidalashga ozodlik tarafdori
edilar. Ular ozodlik biznesga juda yaxshi ta‘sir ko‗rsatishiga
ishonardilar. Erkinlik ayniqsa, iqtisodiy erkinlik sharoitida iqtisodiyot
ko‗p funksiyalarni bajara olishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Jismoniy
shaxslar va biznes sohadagilarning tasdiqlashlaricha savdo hokimiyat
aralashuvlaridan xoli bo‗lishi kerak. Klassiklar esa siyosiy va iqtisodiy
ozodlik ajralmas va bir-birini to‗ldirib turadi, deb ta‘kidlashgan. Garchi
klassiklar o‗zlarining ilk qarashlarida iqtisodiy jarayonlarni uyg‗un
holda ishlashini targ‗ib qilsalarda, ular jamiyatdagi yer-mulk egalari va
iqtisodiy o‗sish va o‗zgarishdan foyda oluvchi va shuni yoqlovchilar
o‗rtasidagi ixtiloflardan juda yaxshi xabardor edilar. Kapitalizmning
yakuniy tendensiyalari Smit va Rikardo tomonidan ko‗rib chiqilgan
bo‗lib, ular bu qadar mos bo‗lmagan natijaga olib keldiki, bu iqtisodiyot
samarasiz ilm, deb atalishiga olib keldi. Maltus aholi nazariyasi
masalasini ko‗tarib, iqtisoddagi o‗zaro tenglik tabiati muammosini ham
o‗rtaga tashladi.
1776-1870-yillar oralig‗idagi davr mobaynida klassik g‗oyalar
taraqqiy etdi. Bir tarafdan, ko‗pchilik tomonidan Me‘yoriy, deb qabul
qilingan iqtisodiy g‗oyalar iqtisodiy tizimni hamjihatlik bilan
boshqarishning asosiy sharti sifatida qabul qilish davom etsada, iqtisodiy
muammolarga bozor javob berishidan ko‗ra davlat javobgar bo‗lishini
yoqlash g‗oyasi o‗sib borishi tufayli uning munosabati sekin zaiflashib
bordi. Boshqa tomondan, turli ta‘limotlarga amal qiluvchi klassiklar
iqtisodiyot tomonidan qabul qilingan hamjihatlik g‗oyalarini rad
etishgan va tizimning tashkiliy strukturalarida yirik o‗zgarishlar talab
qiladigan fundamental yechimlar topishdi.
89
Keyns ta‘limotining asosiy manbasi mana shu kengroq faktorlar,
iqtisodiy faoliyat bosqichini belgilovchi kuchlarda edi. Ular iqtisodiyot
ishchi kuchi yetarli joydan ko‗ra unga ehtiyojmand nuqtalarda, joylarda
boshqaruvni kuchaytiradi, deb hisoblashadi. Iqtisodiyot o‗zining
resurslarini to‗liq utilizatsiya qilishni boshqarishga qodir, deb taxmin
qiluvchu klassik iqtisodchilar bu muammoga qiziqishmagan. Zamonaviy
makroiqtisodiyot mana shu muammo va taxminlarni qayta ko‗rib chiqa
boshlaganidan beri va Kens makroiqtisodiyotdan voz kechganidan
boshlab
zamonaviy
makroiqtisodchilar
ba‘zida ―yangi klassik
iqtisodchilar‖, deb ataldi.
Klassik iqtisodchilarning iqtisodiyot rivojlanishiga oid g‗oyalari ularni
resurslar boshqaruvchisi sifatida narx tizimi va bozorlar haqidagi
izlanishlarga olib keldi. Klassiklar bozorlar va narxlarning bir-biriga
bog‗liqligi va kelib chiqishini iqtisodiy o‗sish sur‘atiga ta‘sirini
tushunish maqsadida o‗raganishdi, tadqiq qilishdi. Ular daromad
taqsimlanishining o‗zgarishidagi kuchlar va bir-biriga bog‗liq bo‗lgan
narxlarning o‗zgarish sabablari bilan qiziqishdi.
Ular biz hozirda makroiqitsodiyot, deb ataydigan manba bilan bir
qatorda merkantilistlar an‘anasini ham davom ettirishdi.
Merkantilistlar nazariy strukturasi zaif bo‗lishiga qaramay, ular
iqtisod boshqaruvini tushunishga qobiliyatlari borligiga ishonishgan. Bu
ilmni
egallagach,
ular
iqtisodiyot
majburiyatlarini
sinchiklab
o‗rganganlarida aniqlangan har qanday nuqson va kamchiliklarni
bartaraf etuvchi vositaga tashkiliy tuzilmani o‗zgartirish yoki
hokimiyatga aralashish uchun ruxsat berish orqali erishiladi, deb
hisoblashgan. Merkantalistlar o‗zlarini shifo-kor va bemorlarga
qiyoslashni yoqtirishadi: ularda noto‗g‗ri yuritilgan iqtisod uchun dori-
darmon mavjud, bu odatda, hukumat aralashuviga olib keladi:
Merkantilistlar nazariyasi siyosatchidan bozor uchun chiqargan qarorini
o‗zgartirishini so‗ragan Adam Smit nazariyalaridan keskin farq qiladi.
Adam Smit iqtisodiy o‗sish sur‘atini ko‗rsatib berdi, David Rikardo esa
kapitalizm ostidagi daromad taqsimotida eng so‗nggi o‗zgarishlarga
qiziqib qoldi. Marksni quyidagi muammolar o‗ziga jalb qildi: ish
vaqtidan tashqarida bajariladigan ishga to‗lanadigan haq, daromad
taqsimoti qanday bo‗ladi? Ish vaqtidan tashqari vaqtda foyda miqdori
qanday? Omma sharoitini yaxshilash bosqichining kelgusi ko‗rinishi
qanday va b.
|