O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)

Boylik va pul nazariyalari.
 
Merkantilistlardan farqli ravishda, 
U.Petti fikri bo‗yicha nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul 
boylik
hisoblanadi, balki mamlakatning yeri, uylar, kemalar, tovarlar va 
hatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo‗yicha o‗z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan 
«Mehnat – boylikning 
otasi, yer esa uning onasi»
degan iborani ishlatdi.
Uilyam Petti (1623–1687)
 


91 
Mamlakat boyligini ko‗paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi 
o‗rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to‗lashga «qurbi 
yetmagan o‗g‗rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur 
qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda 
boylik, 
eng avvalo, mehnat bilan yaratilishini
bildiradi, ya‘ni xo‗jalik 
hayotidagi pulning «asosiy» vazifasini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash 
bema‘ni narsa ekanligini ko‗rsatib o‗tadi. Davlatning bunday xatti-
harakati uning fikri bo‗yicha, mamlakatga chetdan tovar keltirishni man 
etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikrlari bilan o‗zini pulning miqdoriy 
nazariyasi tarafdori ekanligini ko‗rsatdi va muomala uchun zarur 
bo‗lgan pul miqdori to‗g‗risidagi qonuniyatni tushunganligini namoyish 
etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki 
tushunganligi aniq ko‗rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy nazariyasi 
haqiqatdan ham «pul o‗z-o‗zidan boylik mazmunini anglatmasligini» 
ko‗rsatdi, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan keyingi boshqa 
klassik iqtisodiy nazariya mualliflari M.Blaug so‗zi bilan aytganda, u 
(pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e‘tiborni pulning muomala vositasi 
sifatidagi vazifasiga qaratgan holda tovar va pul bozorlari o‗rtasidagi 
o‗zaro bog‗liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning qimmatni saqlash 
vositasi sifatidagi funksiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to‗g‗ri tanqidlari bilan 
birga U.Pettining bu borada noto‗g‗ri tushunchalari ham bo‗lgan. 
Masalan, 
u savdo va savdo kapitalining milliy boylik yaratishdagi 
ishtirokini inkor etdi
va hatto savdogarlar sonini ancha kamaytirishni 
qattiq turib ma‘qulladi. U.Petti savdogarlarni davlatning «qonini» 
taqsimlash bilan shug‗ullanuvchi «o‗yinchilar»ga o‗xshatadi. U «qon» 
deganda qishloq xo‗jaligi va sanoat mahsulotlarini nazarda tutadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin