O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/195
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206632
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195
iqtisodiy talimotlar tarixi(1)


partisan tartibidagi turli soliqlardan himoya qilgan. Uning 2 – kitobi: 
Xorijiy savdo orqali kelgan Angliya xazinasi, deb nomlanib 1628 – yilda 


81 
tayyor bo‗lgan, bu kitob uning vafotidan so‗ng o‗g‗li tomonidan 1664 – 
yili chop etilgan.
T.Man o‗z kitobida Angliya xazinasi xalqaro savdodan boyishini 
ta‘kidlagan. U qimmatbaho metallar aksiyasiga ega davlat boyligini o‗z 
nazariyasiga ko‗ra rad etdi. Uning fikricha, hukumat muqobil balans, 
arzon xomashyo import qilishni rag‗batlantirish, ishlab chiqarilgan 
tovarlar importini nazorat qilishga erishish uchun davlat xorijiy savdoni 
boshqarishi lozim edi. 
1755-yilda T.Manning mashhur kitobi so‗ngi bor nashr etildi. U 
barcha xalqaro savdoning maqbul balansiga erishish mumkinligiga 
e‘tibor qaratgan, Hindistonga keladigan qimmatbaho metallar 
eksportidan Angliya katta daromad olishi va savdoni kengaytirgan holda 
barcha xalqaro savdo balansiga ham ta‘sirini aytib o‗tadi. 
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik Jon Lo 
(1671–1729-y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog‗oz 
pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. U 
kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo‗lsada, faqat ikkita asar yozgan. 
Birinchisi ―Pul va savdo‖ 1705- yilda chop etilgan, ―Regentstvo davri 
moliya tarixi‖ nomli ikkinchi kitobi uning o‗limidan sal oldin yozib 
tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi.
J.Loning asosiy iqtisodiy g‗oyalarini quyidagicha tavsiflash 
mumkin: 
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni 
chiqarish yo‗li bilan mamlakatda pulning mo‗l-ko‗lligini ta‘minlashga 
harakat qildi; 
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo‗lishini, 
hukumat tomonidan iqtisodiy siyosat olib borilishi va uning 
yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi; 
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi tovarlar taklifining ancha 
ko‗payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi; 
4) davlat qo‗shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi 
muomaladagi pul miqdorini ko‗paytirish yo‗li bilan ishlab chiqarish 
miqdoriga ancha katta ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligi to‗g‗risida gapirib 
o‗tdi; 
5) aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo‗li bilan kapital 
markazlashuvi va birlashuvi g‗oyasiga ta‘sir ko‗rsatdi. 
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm konsepsiyasi eng 
avvalo, proteksionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday 
qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu 
jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi. 


82 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   195




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin