nafaqalar;
• xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
• ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy
sug’urtalash xarajatlari;
• yong’inga qarshi, ekinzorlar, asosiy vositalarni qo’riqlash xarajatlari;
• ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka, etik,
fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari;
• mollarning tagini
quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa
material xarajatlari;
• fermalar atrofini devor bilan o’rash, chorva mollari uchun yozgi soyabon
va otarlar qurish xarajatlari;
• ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar
tannarxini hisoblash bilan
birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan bajarilgan ishlar
tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan ish tonna - kilometrda,
haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon -gektarda, otlarniki ot - kunida
hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar yerdagi bir mahsulot turini ishlab chiqarish
tannarxi, bir bosh chorva molini parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: