etish yo’llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning o’tkirlashishiga yo’l
qo’ymaslik uchun chora-tadbirlar ko’rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan oshkora
suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to’la idrok etish, o’zlashtirish – «ahvol»ning xo’jayini bo’lib olish
va qat’iy chora ko’rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur tahlil qilishi:
- mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida suhbatlashishi;
- ularning maqsadi, qiziqishlari, xulq-atvori, kasbi, tajribasi, turmush sharoiti
va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o’rganish;
- mojaroli vaziyatning
sabablari, jamoaning unga munosabatini aniqlash;
- mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solishtirish;
- mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish
va tahlil qilish;
- mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sharoitlarini
tanlash;
- tanlangan
usullarni jamoa tarbiyasi, mehnat vazifalari, maqsadlari bilan
qiyoslab, taroziga solib ko’rish;
- tanlangan va tekshirilgan usulni qo’llab,
mojaroni bartaraf etish;
- mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
- mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach ularni to’g’ri
yo’lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo’g’indagi tadbirkor shuni tushunib
yetmog’i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga g’amho’rlik qilish, inson
ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har
bir a’zosi mehnatdan moddiy va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning
zimmasidagi muqaddas vazifadir.
Dostları ilə paylaş: