ko’rsatish sohasini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini
oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar
sohaning iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining
o’sishidagi roli
yanada kuchayishi hamda YaIM, eksport va tarmoqlar hamda
sohalarning ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat
qiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar:
1. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyatini izohlang.
2. 2009 yilda kichik biznes sohasida qancha yangi ish o’rinlari tashkil etildi?
3. Mamlakatimizda bandlik muammosini
hal etishda kichik biznes
imkoniyatlarini tushuntiring.
4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish aholining daromadlari
va farovonligini oshirishga qanday ta’sir ko’rsatmoqda?
5. Kichik biznes imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishdagi
muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari bo’yicha o’z fikringizni bayon eting.
6. Xududiy kesimda belgilangan maqsad va vazifalarni aniqlashtirishda
qanday holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq?
7. Kichik tadbirkorlik subyektlarini axborot-konsalting
xizmatlari bilan
qo’llab-quvvatlash qanday choralar orqali ta’minlanadi?
8. Kichik biznes subyektlarining moddiy-texnik ta’minoti bo’yicha
kelgusidagi 2008-2015 yillarda amalga oshiriladigan ishlar nimalardan iborat
bo’lishi lozim?
9. Mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes subyektlarining ulushi va
ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida qanday yo’nalishlarda kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan?
10. Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari
uchun kichik biznes
subyektlari qanday axborotlar bilan ta’minlangan bo’lishlari zarur?
Dostları ilə paylaş: