3. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271 sonli Qarori.
4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartarf etish yo’llari va choralari.– T.: O’zbekiston 2009.
5. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010.
6. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
Moliya-iqtisod, 2008.
7. Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.
8. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye
posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008.
IZOHLI LUG’ATLAR
Avizo – o’zaro hisob-kitob holatidagi o’zgarishlar, pul o’tkazilishi, mol
jo’natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir
tomonning ikkinchisiga jo’natgan axboroti.
Agent – turli kelishuvlarni tayyorlash, ayrim ishlarni bajarishda boshqa shaxs
(yuridik yoki jismoniy) hisobidan va uning nomidan faoliyat ko’rsatuvchi shaxs.
Savdoda savdo agenti bilan ishlab chiqarish korxonasi, firmasi yoki xususiy shaxs
kelishadi va kelishuv asosida ishonch qog’oziga tayanib, faoliyat yuritadi.
Akkreditiv – naqd pulsiz hisob-kitob bo’ladigan bank schyotining turi; kredit
muassasasidan olish mumkin bo’lgan, aniq oluvchi ko’rsatilgan
qimmatbaho
qog’oz.
Aksept – tashkilotlar o’rtasidagi naqd pulsiz hisoblashishning bir shakli;
takliflarni
qabul qilish, kelgan hujjatlar va molga pul to’lashga rozilik berish
ifodasi.
Aksiz – ommaviy iste’molga xos oziq-ovqat
mollari hamda nooziq-ovqat
mollariga qo’yiladigan egri soliq. Ushbu soliq davlatga shunday mahsulot ishlab
chiqaruvchi va sotuvchilar tomonidan to’lanadi hamda narxning oshirilishi bilan
aholi gardaniga yuklatiladi.
Aksiya – aksiyadorlar jamiyati a’zosining mablag’ qo’shganligi haqida
guvohlik beruvchi qimmatbaho qog’oz. Aksiya
sotib olgan shaxs aksiyador
hisoblanib, ma’lum huquq va majburiyatga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: