O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə162/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Investisiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xomashyo, moliyaviy, moddiy va
mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoq va
mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklari va strategik
vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar
kompleksi.
Investisiya muhiti – investisiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini
belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui.
Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investisiya faoliyati subyektlari. Investorlar
obyektlar va investisiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish
huquqiga ega bo’ladi. Investorlar kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari,
shuningdek investisiya faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini
bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan
sohalarni aniqlaydilar, shartnoma shartlarini ishlab chiqadilar va investisiya
aktining boshqa tomonlari bilan – kontraktor, hukumat organlari, pirovard
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-
kitoblarni amalga oshiradilar.
Infratuzilma – har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalarning mavjud
bo’lishi shart hisoblangan tarkibiy qismi. So’zma-so’z ifodalaganda, infratuzilma –
bu iqtisodiy tizimning asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma»
atamasi lotincha «infra» - quyi, osti; «structura» - tuzilma, joylashuv so’zlaridan
paydo bo’lgan. Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma muhim o’rin
tutadi.
Investisiyalar – daromad olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat
obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir
huquqlar. Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida
tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha
turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan
intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investisiyalaridan olingan
har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari deb
e’tirof etiladi.
Infratuzilma – iqtisodiy tizim umumiy tuzilishining yordamchi tavsifga ega
hamda ushbu tizim umumiy faoliyatining bir maromda borishini ta’minlovchi
tarkibiy qismi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin