Kommivoyajer – firma ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotni sotuvga
taqdim etuvchi shaxs.
Konsorsium – bu aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan
korxonalarning muvaqqat birlashmasi.
Kooperasiya aloqalari – turli soha ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum
mahsulotni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Kreditor qarzdorlik – korxona, tashkilot yoki muassasaning tegishli yuridik
yoki jismoniy shaxslarga to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lari bo’lib, ular
me’yordagi (muddati o’tmagan) hamda muddati o’tgan qarzdorliklarga bo’linishi
mumkin.
Konfiskasiya – majburiy holda mulkning jami yoki bir qismini musodara
qilish va davlat ixtiyoriga o’tkazish.
Konsern – bu ishlab chiqarish diversifikasiyasi, ya’ni korxonalarning faoliyat
sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi
asosida tarkib topadigan yirik ko’p tarmoqli korporasiya.
Konsessiya – milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni
o’zlashtirish maqsadida davlat yoki munisipalitetga qarashli yer uchastkalari,
qazilma boyliklari, mol-mulk, korxonalar va boshqa xo’jalik obyektlarini muayyan
muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet ellik investorga davlat nomidan
beriladigan ruxsatnoma, ular bilan tuziladigan shartnoma yoki kelishuv.
Korxonaning bankrotligi –
nochorlikka yuz tutishi natijasida o’z qarz majburiyatlari bajara olmasligi. Korxona
xo’jalik sudining qaroriga ko’ra rasmiy holda bankrot deb e’lon qilinadi.
Kon’yuktura – xo’jalikning ma’lum davridagi holatini xarakterlovchi
ko’rsatkichlar to’plami.
Kooperativ – bu yuridik shaxs huquqiga ega, xo’jalik yurituvchi subyekt. U
jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasurruf etadi.