Lisenziya – biror-bir faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun davlat organlari
tomonidan ruxsat burish.
Marja – savdo, birja, bank ishlarida foydalaniladigan hamda mollar narxlari,
qimmatbaho qog’ozlar kurslari, boshqa ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq.
Mahsulot tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish
va sotish uchun ketgan
barcha xarajatlarning qiymati.
Mahsulot tannarxi – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan
barcha xarajatlarning qiymati.
Meliorasiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan
tashkiliy-xo’jalik, muhandislik va agrotexnik
tadbirlar turkumi
Moliyaviy sog’lomlashtirish – korxonaning bankrotligini bartaraf etish yoki
raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chora-tadbirlar tizimini qo’llash orqali
uning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga
oshirishning muhim sharti
sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini
shakllantirish bilan bog’liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda
maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to’g’risida»gi Farmoniga
muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2005 yil 20 sentyabrdagi 3661-sonli
Farmoniga muvofiq
o’zgartirishlar kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: