To’lov topshirig’i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o’z
schetidan mablag’ o’tkazish zarurligi haqidagi topshirig’i.
Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo’lib, bunda bank yoki boshqa
moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o’ziga oladi.
Fermer xo’jaligi – o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchi fermer xo’jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan,
yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.
Firma –
ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik
faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Fondlarning aylanishi – moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab
chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayoni.
Xolding kompaniya – mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish
maqsadida tashkil etilgan
hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal yetuvchi ahamiyatga ega
sarmoyasi.
Dostları ilə paylaş: