O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kichik biznes va tadbirkorlik toshkent – 2010



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə170/174
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#207057
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174
Tadbirkorlik pdf-fayllar.org

Xalqaro Bazel qo’mitasi – rivojlangan mamlakatlar markaziy banklari
rahbarlari tomonidan 1974 yilda tashkil etilgan tashkilot. Uning doirasida xalqaro
bank faoliyatini tartibga solish muammolari muhokama qilinadi. 1975 yilda
qo’mita tomonidan Bazel kelishuvi ishlab chiqilgan. Keyinchalik Bazel qo’mitasi
bank faoliyati me’yorlari bo’yicha xalqaro tavsiyalar ishlab chiqa boshladi.
Xususiy tadbirkorlik – fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor
xo’jalik faoliyati.
Xalqaro moliya tashkilotlari – davlatlar o’rtasidagi valyuta va moliya-kredit
munosabatlarini tartibga solish, mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga
ko’maklashish, kredit ko’rinishida yordam berish maqsadida davlatlararo
kelishuvlar asosida tashkil etilgan tashkilotlar. Bunday tashkilotlar qatoriga
Xalqaro hisoblashuvlar banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi, Xalqaro moliyaviy korporasiya,
Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investisiya banki, mintaqaviy xalqaro rivojlanish
banklari va boshqalarni kiritish mumkin.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – ikki turdagi – ishtirokchilari bevosita
davlatlardan iborat hukumatlararo (davlatlararo) hamda tarkibiga ishlab
chiqaruvchilar birlashmalari, kompaniya va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqalar
kiruvchi nohukumat tashkilotlari.
Xalqaro valyuta jamg’armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini
rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro
valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida
valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansining
kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa
va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun



mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1


martdan boshlagan.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin