xo’jaligi va boshqalarni oladi.
Intermodal markaz – yuk tashishlar bo’yicha xalqaro kommunikasiya va
logistika markazi.
Internet xizmatlari – internet tarmog’i abonentlariga amaliy bayonnomalar
tomonidan taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar majmui:
elektron pochta,
fayllarni qabul qilish va uzatish, veb-hujjatlarni o’qish, muayyan masofadan turib
bir vaqtning o’zidagi muloqot (chat), terminal orqali erkin foydalanish, tarmoqda
hujjatlarni saqlash va ishlash va h.k.
Ijtimoiy infratuzilma – aholining turmush faoliyatini, uning farovonligi
ta’minlashga xizmat qiluvchi turli muassasa va obyektlar majmui. Masalan, ta’lim
muassasalari, dam olish va davolanish maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy
xizmat ko’rsatish
shoxobchalari, tabiiy gaz,
ichimlik suvi, elektr energiyasi
ta’minoti, yo’lovchi transporti va boshqalar.
Ijtimoiy soha obektlari – aholining munosib turmush sharoiti va
farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui.
Bular
qatoriga uy-joy fondlari, sog’liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari
va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy dasturlar – aholining bevosita turmush sharoiti va farovonligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlarni rivojlantirishga oid chora-
tadbirlarni o’z ichiga olgan rejaviy hujjatlar.
Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini sifat jihatidan
takomillashtirish, uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta’minlash imkonini
beruvchi, maqsadga muvofiq holda va izchil ravishda amalga oshiriluvchi tub
o’zgarishlar, chora-tadbirlar majmui.
Dostları ilə paylaş: